Nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi – Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 189

Advertising
background image

O'zbekcha-45

07

NOSO
ZLIKLARNI BAR

TARAF ETISH V

A TEXNIK XUSUSIY

ATLAR

FOYDALI MASLAHATLAR

SARIYOG'NI ERITISH

50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping.

Yog' erigunicha 900 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH

100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.

Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 soniya qizdiring.

Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH

20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.

Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH

Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.

Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.

300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eritgandan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)

Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan

aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof

rangga kirgunicha 900 Vt quvvatdan foydalanib 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang.

Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH

600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli

kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Qopqoqni yopgan holda 900 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang.

Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan

kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
PUDING TAYYORLASH

Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga

amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan

qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 900 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan

7,5 daqiqagacha tayyorlang.

Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH

30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.

600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha

marta aralashtiring.

Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan

hal qilishga harakat qiling.
Bu oddiy holat.
• Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
• Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasi bosilganda pech ishga tushmayapti.
• Eshikcha to'liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.
• Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va/yoki СТАРТ/+30 сек (START/+30 son)

tugmasini bosdingizmi?

• Eshikcha yopilganmi?
• Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning

kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
• Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Chiroq ishlamayapti.
• Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni

malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli

Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
• Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi

mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki

antennalardan uzoqroqda o'rnating.

• Xalaqitlar pech mikroposessori tomonidan aniqlangan hollarda displey qayta o'rnatilishi

mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnurini rozetkadan uzing

va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.
• Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?
• Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?
• Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 45

2013-12-10 �� 6:30:58

Advertising