Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW
Страница 151
O'zbekcha-7
01
XA
VFSIZLIK BO’YICHA MA
’L
UMO
TLAR
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,
oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga
o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni
inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech
bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi
shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli
pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini
va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat
zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning
quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo’lgan modellar)
HAR DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va
eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va
xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq
sovunli suv bilan tozalang. Yuvib tashlang va arting.
2. Pechning ichki yuzalaridan barcha tomchilar va
dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting.
Yuvib tashlang va arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni
yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan
chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa
davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l
qo'ymang. HECH QACHON abraziv materiallar va
kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik
zichlagichlarini tozalashda:
• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga
alohida e'tibor qarating
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan
keyin yumshoq yuvish vositasi eritmasidan
foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini
olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining
sovushini kuting.
Bo'shliq ichining yuqori qismini
tozalaganda pechni pastga 45°
burchakka burish va keyin uni tozalash
qulaydir. (Faqat sving tipidagi qizdirgichli
modellar uchun)
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 7
2013-12-10 �� 6:30:47