Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 150

Advertising
background image

O'zbekcha-6

Mikroto'lqinli pechning shishali eshikchasini

tozalash uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall

qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha

yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa oynada darzlar

paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan

boshqarish pulti yordamida ishlatish uchun

mo'ljallanmagan.

Ushbu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi

ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni

qayta ishlash uchun elektromagnit nurlanish

ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil

qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi

ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun

jihozlarni o'z ichiga oladi.

B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-

joylar maqsadlarida foydalaniluvchi binolarni

ta’minlovchi past kuchlanishga ega bo’lgan

tarmoqqa to’g’ridan-to’g’ri ulangan binolarda

foydalanish uchun mo’ljallangan.

MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH
Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis

yuzaga o'rnating. Yuza pechning og'irligini xavfsiz

darajada ko'tarishi uchun yetarlicha mustahkam bo'lishi

kerak.
1. Pechni o'rnatish paytida, pechning

orqa va yon devorlari uchun kamida

10 sm (4 dyuym), ustki qopqog'i uchun

20 sm (8 dyuym) joy qoldirish bilan

pech uchun normal ventilyatsiya borligiga ishonch

hosil qiling.

2. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib

oling.

3. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating. Patnis

erkin aylanayotganligini tekshiring.

(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo’lgan modellar)

4. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan

osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda

joylashtirilishi kerak.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, u ishlab

chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli

agenti yoki o'xshash malakali shaxslar tomonidan

almashtirilishi kerak. Shaxsiy xavfsizligingiz uchun

elektr kabeli vilkasini muvofiq o’zgaruvchan tok

tarmog’ining yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.

orqadan

10 sm

yuqoridan

20 sm

yon tomondan

10 sm

poldan

85 sm

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 6

2013-12-10 �� 6:30:47

Advertising