Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW
Страница 172
O'zbekcha-28
3. Kechki ovqat
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
3-1
Qotirilgan tuxum
qo'shilgan go'shtli
rulet
Go'shtli qiyma (mol yoki cho'chqa go'shti) - 150 g, qotirilgan holda
qaynatilgan tuxum - 1 dona, tuz - 2 g, murch-no'xot - 0,5 g
Ziravorlarni qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring. Qiymani aylana qilib
yoying. Aylana markaziga tuxumni qo'ying. Tuxumni hamma tomonidan
qiyma bilan yoping. Olingan mahsulotga yoysimon shakl bering. Tarelkaga
joylashtiring. Qizartiruvchi idishni aylanuvchi taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang.
3-2
Karam do'lmalar
(1) Do'lma
(a) Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) - 120 g, qaynatib pishirilgan
guruch - 25 g, maydalangan karam - 25 g, tuz - 1-2 g, qalampir-no'xot
- 0,5 g
(b) To'rg'algan piyoz - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga
aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 10 g, smetana - 30 g,
suv - 50 ml
Sabzavotlar va ziravorlarni go'shtga qo'shing va qo'lda yaxshilab
aralashtiring (a).
Ikkita oval shaklini yasang. Piyozni chuqur tarelkaga soling.
Ustidan do'lmalarni qo'ying va bulonni qo'shing (b). Tarelkani baland
taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni
tayyorlang (2). Pech tovushli signal berganida aralashmani do'lmali bulonga
quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
3-3
Tomatli sousdagi
go'shtli bitkilar
(1) Go'shtli bitkilar
(2) Oq non - 30 g, sut - 35 ml, Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) -
130 g, tuz - 1-2 g, murch-no'xot - 0,5 g
(3) To'rg'algan - 15 g, to'rg'algan sabzi - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan
bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml
(4) Sous uchun aralashma:
Un - 5 g, tomat pastasi - 20 g, suv - 75 ml
Nonni sutga soling. Olingan qiymani qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va
qo'lda yaxshilab aralashtiring (2). Ikkita sharcha yasang.
Piyoz va sabzini chuqur tarelkaga soling (3). Unga go'shtli sharchalarni
qo'ying va bulonni qo'shing. Tarelkani baland taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (4). Pech tovushli
signal berganida aralashmani go'shtli bitkilar bo'lgan bulonga quying.
Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
3-4
Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
Mayda to'rg'algan piyoz - 15 g, mayda to'rg'algan sabzi - 20 g, tovuq
oyoqchalari - 2 dona (160 g dan 180 g gacha), qora olxo'ri - 5-7 dona
(50 g), tovuq buloni yoki quruq konsentratli suv - 150 ml
Piyoz va sabzini ichi chuqir tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini
qo'ying, qora olxo'ri va bulon qo'shing. Tarelkani mikroto'lqinli pechga
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida
oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
3-5
Sabzavotlar vilan
birga qaynatilgan
kurka go'shti
Kurka biqin go'shti - 150 g, to'rg'algan tsukkini - 50 g, to'rg'algan piyoz
- 15 g, to'rg'algan sabzi - 20 g, tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki
suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml
Barcha massaliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon
qo'shing. Tayyorlashni boshlang.
3-6
Pishirilgan
kartoshka
Yirik kartoshka (160 - 200 g) - 1-2 dona
Kartoshkalarni arting, suvsiz chuqur bo'lmagan idishga joylashtiring
va taomlar uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping. Uni mikroto'lqinli
pechga joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Dasturxonga tortishdan avval
sariyog', smetana, pishloq yoki ta'bga ko'ra boshqa ziravorlar qo'shing.
3-7
Ratatuy
Kubiklar shaklida to'rg'algan tsukkini - 100 g, kubiklar shaklida to'rg'algan
sabzi - 60 g, kubiklar shaklida to'rg'algan bulg'or qalampiri - 75 g, kubiklar
shaklida to'rg'algan piyoz - 45 g, mayda to'rg'algan sarimsoqpiyoz - 6 g,
tomat pastasi - 10 g, mayoran yoki rayhon - ta'mga ko'ra, sabzavotlardan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 150 ml
Barcha massaliqlarni chuqur tarelkaga soling.
(Mayoran yoki rayhon qo'shing). Yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni
boshlang.
3-8
Ruscha eski
usuldagi baliq
(1) To'rg'algan lavlagi - 30 g, qirilgan sabzi - 30 g, to'rg'algan piyoz - 15 g,
baliq/tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon
kubikchasi - 200 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 10 g, tomat pastasi - 10 g, smetana -
30 g, suv - 50 ml
(3) Karp yoki sudak filesi - 150 g, dafna bargi - 1 dona
Barcha massaliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon
qo'shing. (1) Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sous
uchun bulon, sabzavotlar va bulonni aralashtiring (2). Baliq va dafna bargini
qo'shing (3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 28
2013-12-10 �� 6:30:55