Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 158

Advertising
background image

O'zbekcha-14

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri

ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda pechning ishlashi to'g'risida

shubhalar bo'lsa, 45-46-sahifadagi "Nosozliklarni bartaraf etish" bo'limiga qarang.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga

aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq

qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga

yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching.

Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.

СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing va

СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini kerakli marta

bosgan holda 4 yoki 5 daqiqaga bo'lgan vaqtni o'rnating.

Natija:

Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi.

Keyin suv qaynashi kerak.

VAQTNI BELGILASH

Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik

ravishda namoyish qilinadi.

Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi

mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

• Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
• Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni

to'g'rilashni unutmang.

1. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

2. Vaqtni namoyish qilish turini o'rnatish uchun Funksiyalarni

tanlash doiraviy shkalasini burang. (12H yoki 24H)

3. O'rnatishni tugallash uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy

shkalasini bosing.

4. Soatni o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy

shkalasini burang.

5. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

6. Daqiqani o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy

shkalasini burang.

7. Displeyda to'g'ri vaqt namoyish qilinganda soat ishlay boshlashi

uchun yana Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

Natija:

Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt

ko'rsatiladi.

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.

Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying.

Eshikchani yoping. Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.

1. СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(mikroto'lqin rejimi)

2. Tegishli quvvat darajasi namoyish qilingunicha Funksiyalarni

tanlash doiraviy shkalasini burang.

Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda Funksiyalarni

tanlash doiraviy shkalasini bosing.

• Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz,

avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga

o'zgaradi.

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

tayyorlash vaqtini o'rnating.

Natija:

Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 14

2013-12-10 �� 6:30:53

Advertising