Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 164

Advertising
background image

O'zbekcha-20

SOG'LOM TAOM TAYYORLASH XUSUSIYATLARIDAN

FOYDALANISH

Sog'lom taom tayyorlash xususiyatlari 15 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash

vaqtlariga ega.

Tayyorlash vaqtlari yoki quvvat darajalarini o'rnatishingiz shart emas.

Siz Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali porsiya hajmini

o'zgartirishingiz mumkin.

Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan

foydalaning.

Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying.

Eshikchani yoping.

1. Здоровое питание (Sog'lom taom tayyorlash) tugmasini

bosing.

2. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali taom

toifasini tanlang va Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini

bosing.

1) Yormalar/Pasta

2) Sabzavotlar

3) Tovuq go'shti/Baliq

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Avvaldan dasturlashtirilgan

turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda

keltirilgan. Shu vaqtda taom turini tanlash uchun Funksiyalarni

tanlash doiraviy shkalasini bosing.

4. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

porsiya miqdorini tanlang.

5. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga

muvofiq tayyorlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech

tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta

miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta

tovushli signal beradi.

Quyidagi jadvalda 15 ta Sog'lom taom tayyorlash dasturlari uchun porsiya miqdorlari

va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Bu donlar/pasta(1), sabzavotlar(2) va parranda go'shti/

baliq(3) dan tashkil topadi.

Taomni qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling.

1. Donlar/Pasta

Kod/Taom

Porsiya hajmi

Ko'rsatmalar

1-1

Jigarrang guruch

150-200 g

200-250 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha

idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda sovuq suv

qo'shing. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang.

Kutish vaqtidan avval aralashtiring va tuz hamda ko'katlar

qo'shing. 5-10 daqiqa kuting.

1-2

Olabuta

150-200 g

200-250 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha

idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda sovuq suv

qo'shing. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Kutish vaqtidan

avval aralashtiring va tuz hamda ko'katlar qo'shing.

1-3 daqiqa kuting.

1-3

Makaron

100-150 g

200-250 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha

idishdan foydalaning. 4 baravar qaynoq suv, bir chimdim tuz

qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan

tayyorlang. Kutish vaqtidan avval aralashtiring va keyin suvini

yaxshilab chiqarib tashlang. 1-3 daqiqa kuting.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 20

2013-12-10 �� 6:30:54

Advertising