Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 163

Advertising
background image

O'zbekcha-19

04

PECHD

AN FO

YD
ALANISH

Kod/Taom

Porsiya hajmi

Ko'rsatmalar

5

Po'sti artilmay

pishirilgan

kartoshka

200-800 g

Har biri 200 g bo'lgan kartoshkalarni yuving va tozalang.

Zaytun yog'i surting va pichoq bilan po'stini arting.

Aylanuvchi taglikka aylana shaklida joylashtiring.

2-3 daqiqa kuting.

6

Qaynatilgan

pasta

100-300 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta

shisha idishdan foydalaning.

4 baravar qaynoq suv, bir chimdim tuz qo'shing

va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan

tayyorlang. Kutib turish vaqtidan avval aralashtiring va

dasturxonga tortishdan avval suvini qoldirmasdan to'kib

tashlang. 1-3 daqiqa kuting.

7

Mini ravioli

200-400 g

Mini raviolini chuqur sopol idishga soling.

Tarelkani aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.

Plastmassa qopqoq bilan yoping. 2-3 daqiqa kuting.

8

Tovuq bo'laklari

200-500 g

Sovutilgan tovuq bo'laklarini yog' bilan yog'lang va

ziravorlar seping. Po'stli tomoni bilan quyi taglikka

joylashtiring. Pech tovushli signal berishi bilan ag'daring.

Tayyorlash jarayonini davom ettirish uchun start

tugmachasini bosing. 2-3 daqiqa kuting.

Avtomatik sensorli tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar

Avtomatik sensorli tayyorlash sizga tayyorlash vaqtida taomdan chiqayotgan gazlar miqdorini

aniqlash orqali taomni avtomatik tayyorlashingizga imkon beradi.
• Taom tayyorlash vaqtida ko'pgina turdagi gazlar hosil qilinadi.

Avtomatik sensor tayyorlash vaqti va quvvat darajasini o'rnatish ehtiyojini yo'q qilgan

holda taomdan chiqayotgan shu gazlarni aniqlash orqali kerakli vaqt va quvvat darajasini

belgilaydi.

• Sensorli tayyorlash vaqtida konteynerni qopqog'i yoki plastik o'rama bilan yopganingizda

Avtomatik sensor konteyner bug' bilan to'yinganidan keyin hosil bo'ladigan gazlarni

aniqlaydi.

• Tayyorlash tuggalanishidan biroz avval qolgan tayyorlash vaqti teskari tartibda sanala

boshlanadi. Bu zarur bo'lgan hollarda tekis tayyorlanishi uchun taomni aralashtirish yoki

ag'darishga mos vaqtdir.

• Avtomatik sensorli tayyorlashdan avval taomga ziravorlar, o'tlar yoki qizartiruvchi souslar

qo'shilishi mumkin. Ehtiyot chorasi sifatida aytib o'tish kerakki, tuz yoki shakar taomda

kuygan joylarni hosil qilishi mumkin, shuning uchun ushbu masalliqlar tayyorlashdan keyin

qo'shilishi kerak.

Sensorli tayyorlash uchun anjomlar va qopqoq

• Ushbu funksiyada yaxshi tayyorlash natijalarini olish uchun ushbu kitobdagi jadvalda

berilgan mos konteynerlar va qopqoqlarni tanlash bo'yicha yo'riqnomalarga amal qiling.

• Doimo mikroto'lqinlarga nisbatan xavfsiz bo'lgan konteynerlardan foydalaning va ularni

o'zlarining qopqoqlari yoki plastik o'ramlar bilan yoping. Plastik o'ramdan foydalanganda

bug'ning mos tezliklarda chiqib turish uchun bir uchini qayrib qo'ying.

• Doimo foydalanilayotgan idishga mo'ljallangan qopqoqdan foydalaning. Agar idishning

qopqog'i mavjud bo'lmasa, plastik o'ramdan foydalaning.

• Konteynerlarni kamida yarmigacha to'ldiring.
• Aralashtirish yoki ag'darishni talab qiladigan taomlarni Sensorli tayyorlash siklining oxirida

displeyda vaqtni teskari tartibda sanash boshlangandan keyin aralashtirish yoki ag'darish

kerak.

Muhim

• Pechni o'rnatgandan va elektr rozetkasiga ulagandan keyin elektr tarmog'iga ulash kabeli

vilkasini rozetkadan uzmang. Gaz sensoriga taomni qanoatli tarzda tayyorlash uchun

barqaror holatga kelgunicha ma'lum vaqt talab qilinadi.

• Davomli tayyorlash uchun, ya'ni bitta taomdan keyin darhol boshqa taomni tayyorlash

uchun avtomatik sensorli tayyorlashdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

• Mos tarzda sovutilishi uchun pechni yaxshi havo almashishiga ega bo'lgan joyga o'rnating

va sensorning to'g'ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.

• Yomon natijalarga ega bo'lmaslik uchun xona harorati haddan tashqari baland yoki haddan

tashqari past bo'lgan hollarda Avtomatik sensordan foydalanmang.

• Pecni tozalash uchun uchuvchan tozalash vositalaridan foydalanmang. Ushbu tozalash

vositasidan hosil bo'luvchi gaz sensorga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

• Pechni yuqori namlikka ega bo'lgan yoki gaz chiqaruvchi qurilmalar yaqiniga o'rnatmang,

chunki bu Avtomatik sensorning to'g'ri ishlashiga xalaqit beradi.

• Doimo pech ichini toza saqlang. Barcha to'kilgan taom qoldiqlarini nam latta bilan arting.

Ushbu pech faqat uy sharoitlarida foydalanish uchun mo'ljallangan.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 19

2013-12-10 �� 6:30:54

Advertising