Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 185

Advertising
background image

O'zbekcha-41

06

T

A

OM T

AYY
ORLASH BO'YICHA Y

O'RIQNOMA

MUZDAN TUSHIRISH

Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga

kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan

metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini

ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish

vaqtining yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa,

to'king va imkoni boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang. Uning ilib ketmaganligiga

ishonch hosil qilish uchun taomni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.

Agar muzlatilgan taomning kichkina va oriq qismlari iliy boshlasa, muzdan tushirish vaqtida

ularni alyumin folganing kichkina bo'lagi bilan o'rash orqali ularni himoya qilish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va muzdan

tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq

qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning

miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.

Maslahat: Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi

mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq muzdan tushadi. Ushbu maslahatni

mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda yodda tuting.

Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda

quyidagi jadvalga amal qiling.

Taom

Porsiya

Quvvat

Vaqt (daq.)

Go'sht
Mol go'shti qiymasi

250 g

500 g

180 Vt

6-7

8-13

Cho'chqa go'shtidan

tayyorlangan steyklar

250 g

180 Vt

7-8

Ko'rsatmalar

Mol go'shtini aylanuvchi patnisga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga

bilan ingichka yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'daring!

15-30 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga torting.

Taom

Porsiya

Quvvat

Vaqt (daq.)

Parranda go'shti
Tovuq bo'laklari

500 g (2 dona)

180 Vt

14-15

Butun tovuq

1200 g

180 Vt

32-34

Ko'rsatmalar

Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga

soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga bilan

o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring!

15-60 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga torting.

Baliq
Baliq filesi

200 g

180 Vt

6-7

Butun baliq

400 g

180 Vt

11-13

Ko'rsatmalar

Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini

semizlari tagiga joylashtiring. Butun baliqning ingichka qirralarini va dumini

alyumin folga bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'daring!

10-25 daqiqa ushlab turgandan keyin dasturxonga torting.

Mevalar
Reza mevalar

300 g

180 Vt

6-7

Ko'rsatmalar

Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan)

idishga yupqa qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa ushlab turgandan keyin

dasturxonga torting.

Non
Tost bo'laklari (har biri

taxminan 50 g)

2 dona

4 dona

180 Vt

1-1½

2½-3

Tost/Sendvich

250 g

180 Vt

4-4½

Ko'rsatmalar

Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga

bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan

tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-20 daqiqa ushlab

turgandan keyin dasturxonga torting.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 41

2013-12-10 �� 6:30:58

Advertising