Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 176

Advertising
background image

O'zbekcha-32

KONVEKSIYA

Konveksiya rejimida taomni oddiy isitgichdagi kabi tayyorlash mumkin. Bunda mikroto'lqin

rejimidan foydalanilmaydi. Siz 40 °C dan 200 °C gacha bo'lgan diapazondagi talab qilingan

haroratni o'rnatishingiz mumkin. Maksimal tayyorlash vaqti 60 daqiqa.

• Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular

juda issiq bo'ladi.

• Agar pastki taglikdan foydalansangiz, qizargan po'stga ega bo'lgan holda eng yaxshi

tayyorlangan taomni olasiz.

Qizdiruvchi elementning gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Eshikchani oching va

qabul qiluvchini past taglikka qo'ying va aylanuvchi patnisni o'rnating.

1. Конвекция (Konveksiya) tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(konveksiya rejimi)

180 °C

(harorat)

2. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

haroratni o'rnating.

(Harorat: 40~200 °C, 10 °C oraliq)

• Agar siz 5 soniya ichida haroratni o'rnatmasangiz, avtomatik

ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.

4. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali

tayyorlash vaqtini o'rnating.

(Agar pechni avvaldan qizdirib olmoqchi bo'lsangiz, quyidagini

tanlang “ : 0”)

5. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

Tayyorlash boshlanadi:

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech

tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta

miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta

tovushli signal beradi.

QIZARTIRUVCHI IDISHDAN FOYDALANISH

Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, balki

qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq va qizargan

holda bo'ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha taomlar jadvalda

keltirilgan (keyingi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan yana bekon, tuxumlar, sosiskalar

kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.

1. Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis ustiga

joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga amal qilgan

holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan birgalikda foydalanishning

eng yuqori quvvati [600 Vt + Gril] bilan avvaldan isitib oling.

2. Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan

bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi idishni

yog'lang.

3. Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.

4. Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga (yoki

aylanuvchi patnisga) joylashtiring.

5. Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.

(Yon tomondagi jadvalga qarang)

Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.
Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Qizartiruvchi

idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan foydalanmang.
Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga

joylashtirmang.

Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.
Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab

qo'yishi mumkin.
Iltimos, qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 32

2013-12-10 �� 6:30:56

Advertising