Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 173

Advertising
background image

O'zbekcha-29

04

PECHD

AN FO

YD
ALANISH

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-9

Moskvacha baliq

(1) Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g, o'simlik yog'i - 5 g

(2) Smetana - 30 g (2 x 15 g)

(3) Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari - 2 dona (60-70 g/dona),

tuz - 5 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, qirilgan pihsloq - 25 g
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik

yog'idan quying (1). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida

smetana porsiyasining yarmini sopol tarelkaga soling (markaziga) (2). Shu

smetanaga qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar

qo'shing. Baliq atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloqni

o'yib chiqing (3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-10

Muzlatilgan pitstsa

Muzlatilgan pitstsa – 350 g
Muzlatilgan pitstsani mumlangan qog'oz bilan qoplangan gril uchun

taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

3-11

Ismaloq va

yong'oqli cho'chqa

filesi

Cho'chqa karbonad - 1 kg, yangi muzlatilgan ismaloq - 250 g, kichkina

piyoz - 1 dona (maydalangan), maydalangan sarimsoqpiyoz bo'lagi

- 1 dona, qarag'ay yong'og'i - 3 osh qoshiq, yangi oq non ushoqlari -

0,25 piyola, sariyog' - 1 osh qoshiq, tuz va qalampir
Masalliqlarni tayyorlang. Ismaloqni muzdan tushiring, ortiqcha suvlarni

yaxshilab chiqarib tashlang. Sariyog' va piyozni kichkina idishga

joylashtiring, 900 Vt quvvat bilan 1 daqiqa pechga qo'ying. Ismaloq,

sarimsoqpiyoz va non ushoqlarini qo'shing. Tuz va murch qo'shing,

yaxshilab aralashtiring. Cho'chqa karbonadni pichoq bilan oching, uni

yengilgina uring, tuz va qalampir qo'shing, masalliqlarni qo'shing, o'ramalar

yasang, six bilan mahkamlang, ip bilan qotiring. Pechga joylashtiring va

tayyorlashni boshlang. Tovushli signal berilishi bilan bir marta aralashtiring.

3-12

Guruchli

frikadelkalar

Mol go'shti qiymasi - 500 g, pishirilgan guruch - 2 piyola, katta piyoz

(maydalangan) - 1 dona, maydalangan sarimsoqpiyoz - 1 dona, tuxum -

1 dona, sharbatli pomidor - 400 g, tuz va qalampir
Guruchni qiyma, piyoz va tuxum bilan yaxshilab aralashtiring. Tuz va murch

qo'shing. Ho'l qo'llar bilan diametri taxminan 5 sm bo'lgan to'pchalar

yasang. Ularni idishga joylashtiring. Sharbatli pomidor qo'shing va pechga

joylashtiring, keyin tayyorlashni boshlang. Tovushli signal berilishi bilan bir

marta aralashtiring.

3-13

Asalli qovurilgan

qo'y go'shti

Qo'y oyog'i - 1,5 kg, asal - 3 osh qoshiq, xantal - 1 osh qoshiq, tuz va

qalampir
Asal va xantalni aralashtiring. Qo'y go'shtiga tuz va qalampir seping, asallik

aralashma bilan yog'lang. Go'shtni pishirish varaqasi ustiga joylashtiring va

pishiring. Tovushli signal berilishi bilan bir marta ag'daring.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-14

Pishloqli tovuq

go'shti ruletlari

Tovuq go'shti filesi - 4 dona, bri pishlog'i - 125 g, maydalangan petrushka

- 1 osh qoshiq, tuxum - 2 dona, yangi oq non ushoqlari - 2 piyola, tuz va

qalampir
Tovuq go'shti filesini qalin qatlamlarga ajrating. Pishloq po'stini ajrating

va uni petrushka bilan aralashtiring. Filelarni chorak qismini tayyorlangan

masalliqlar bilan to'ldiring. Fileli ruletlarni yoping, yog'och tishkovlagichlar

bilan mahkamlang. Har bir ruletga tuxum, keyin non ushoqlarini seping.

Pishirish varaqasi ustiga joylashtiring va pishiring.

3-15

Tomatli sousdagi

tovuq go'shti

Tovuq (1,25 kg) - 1 dona, sharbatli pomidor - 450 g, quruq qizil vino -

0,5 piyola, katta piyoz - 1 dona (maydalangan), danaksiz qora zaytun

- 0,5 piyola, mayda kesilgan qo'ziqorin - 250 g, maydalangan petrushka -

2 osh qoshiq, karri kukuni - 1 osh qoshiq, un - 20 g, tuz va qalampir
Tovushni mayda bo'laklarga ajrating, tuz va qalampir seping.

Idishda vilka yordamida pomidor, vino, piyoz, zaytun, un va karri bilan

aralashtiring. Masalliqlarni tovuqli idishga soling, yaxshilab aralashtiring.

Idishni yoping va pechga joylashtiring, keyin tayyorlashni boshlang.

Tovushli signal berilganda qo'ziqorinni qo'shing va tayyorlashni davom

ettiring. Dasturxonga tortishdan avval petrushka seping.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 29

2013-12-10 �� 6:30:55

Advertising