Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 177

Advertising
background image

O'zbekcha-33

04

PECHD

AN FO

YD
ALANISH

GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi.

• Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular

juda issiq bo'ladi.

• Agar pastki taglikdan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.

1. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo'ying.

2. Grill (Gril) tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(gril rejimi)

• Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

3. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

grilda tayyorlash vaqtini o'rnating.

• Grilda tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

Grilda tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech

tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta

miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta

tovushli signal beradi.

AKSESSUARLARNI TANLASH

An'anaviy konveksiya rejimida tayyorlash oshxona anjomlarini talab

qilmaydi. Biroq siz oddiy isitish shkafida foydalaniladigan oshxona

anjomlaridan foydalanishingiz kerak.
Mikroto'lqinli rejimda foydalanish uchun mo'ljallangan idishlardan

odatda konveksiya rejimida foydalanib bo'lmaydi; plastik konteynerlar,

idishlar, qog'oz kosachalar, sochiqlar kabilardan foydalanmang.

Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (mikroto'lqinlar va grill yoki konveksiya) tanlamoqchi

bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin

bo'lgan anjomlardan foydalaning.

Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida qo'shimcha

ma'lumotlar olish uchun 35-36-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.

MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan

birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan

anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi,

chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki

ular qattiq qizdiriladi. Agar yuqori taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va

qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq darajada

mos bo'lgan taglikka joylashtiring. Taglikni aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

1. Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb-1

(Mikroto'lqin + Gril)

2. Displeyda Cb-1 ni ko'rsating va keyin Funksiyalarni tanlash

doiraviy shkalasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(mikroto'lqin va grildan birgalikda foydalanish rejimi)

600 Vt

(ishlab chiqilayotgan quvvat)

3. Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300 Vt) namoyish qilinmagunicha

Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda tegishli

quvvat darajasini tanlang. Shu vaqtda quvvat darajasini o'rnatish

uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
• Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
• Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, avtomatik

ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

4. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda

tayyorlash vaqtini o'rnating.
• Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

5. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

• Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal

beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin

pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 33

2013-12-10 �� 6:30:57

Advertising