Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 169

Advertising
background image

O'zbekcha-25

04

PECHD

AN FO

YD
ALANISH

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

1-7

Quymoq

Tuxum - 3 dona, sut - 30 ml, tuz - 2 g
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga

quying. Tayyorlashni boshlang. Tayyorlagandan keyin sariyog' qo'shing.

1-8

Tvorogli somsa

Tvorog - 90~100 g, un - 10 g, shakar (xushbo'y vanilinli) - 10 g, tuz - 0,5 g,

tuxum - ¼ dona, yog' - 5~10 g (yog'lash uchun), un - 30 g
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli

somsa yasang. Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan

qog'ozga joylashtiring va keyin yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni

boshlang. Pech tovushli signal berganida tvorogli somsalarni ag'daring va

tayyorlash jarayonini davom ettiring.

1-9

Keks

Shakar - 45 g, vanilin xushbo'yli shakar - 5 g, yog' - 40 g, tuxum -

0,5 dona, sut - 30 ml, pishirish sodasi - 3 g, un - 100 g
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum

qo'shing. Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan

jomga joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Uni jomdan olishdan avval

sovushini kuting.

1-10

Limonli qumloq

pechenye

Un - 100 g, sariyog' - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig'i - 0,5 dona, iliq

suv - 1 choy qoshiq, limon po'stlog'i, shakar-qiyom uchun: Tuxum sarig'i -

1 dona, shakar kukuni - 3~5 g
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang.

Ularni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum

sarig'i bilan tepasidan yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash

jarayonini davom ettiring. Sovushini kuting.

1-11

Tovuq jigaridan

qilingan pashtet

Tovuq jigari - 500 g, piyoz - 2 dona (mayda to'rg'algan), sarimsoqpiyoz

- 1 bo'lak (maydalangan), qaymoq (20 % moy) - 120 ml, sariyog' - 60 g,

o'simlik yog'i - 2 osh qoshiq, tuz va murch
Katta tarelkaga qaymoq va o'simlik yog'i, piyoz va sarimsoqpiyozni soling,

qopqog'ini yoping va pechga joylashtiring, keyin tayyorlashni boshlang.

Tovushli signal berilganda 2 ta tovuq jigarini qo'shing va tayyorlashni

davom ettiring. Pechdan oling va sovuting. Bir jinsli massaga aralashtirish

uchun qaymoq, tuz va murchni qo'shing. To'rtburchak shaklidagi tekis

sirtga o'tkazing, folga bilan yoping va 2-3 soat muzlatgichga qo'ying. Yana

bir bor aralashtiring. Tost bilan dasturxonga torting.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

1-12

Sabzavotli frittata

Yirik kartoshka (po'sti artilgan va yupqa aylana shaklida to'rg'algan) -

2 dona, piyoz (mayda to'rg'algan) - 1 dona, tuxum - 5 dona, kichkina

sukkini - 2 dona, qizil shirin qalampir - 2 dona, qaymoq (qaymoqli sut,

35 % yog') - 450 ml, to'rg'algan parmazan pishlog'i - 2 osh qoshiq
1 piyola kartoshka va piyozni aylana shakldagi idishga tagi butunlay

yopiladigan tarzda terib chiqing. Qaymoqni tuxum bilan aralashtiring,

aralashmaning yarmini kartoshkaga quying va idishni pechga joylashtiring.

Sukkini va qalampirni mayda qilib to'rg'ang. Kartoshkani aylana shaklida

joylashtiring, qolgan tuxum va qaymoq arlashmasini quying, parmazan

pishlog'ini seping. Tayyorlashni boshlang.

1-13

Kunjutli pishloq

biskvitlari

Un - 1 piyola, sariyog' - 125 g, yashil mog'orli pishloq (Dorblue) - 60 g,

maydalangan parmazan pishlog'i - 2 osh qoshiq, to'rg'algan ko'k piyoz -

0,25 piyola, kunjut urug'i - 0,5 piyola
Unni stolda elakdan o'tkazing. Sariyog'ni kichkina bo'laklarga kesing va

unga belang. Mayda to'rg'algan yashil pishloq, parmazan va ko'k piyoz

qo'shing. Yaxshilab aralashtiring. Xamirdan to'pcha yasang, folgaga o'rang

va 30 daqiqa muzlatgichga qo'ying. Xamirni mayda to'pchalarga bo'ling,

ularni kunjutda aylantiring.

Yengil yog'langan pishirish varaqasi ustiga joylashtiring va pishiring.

1-14

Shokoladli

pechenye

Un - 1,5 piyola, bir chimdim tuz, sariyog' - 120 g, qora shokolad - 125 g,

shakar - 0,5 piyola, tuxum - 1 dona, maydalangan yong'oq - 60 g
Eritilgan sariyog', shokolad va shakarni idishga soling, keyin sovuting.

Tuxumli aralashma tayyorlang, elangan un va tuz qo'shing. Yaxshilab

aralashtiring. Yong'oq qo'shing, yana aralashtiring. Osh qoshiq yordamida

xamirni yengil yog'langan pishirish varaqasi ustiga yoying. Keyin tayyorlang.

1-15

Grechixa pudingi

(а) Tvorog 9% - 120-140 g, shakar - 10-15 g, tuz - 0,5 g, tuxum -

0,5 dona, qaynatilgan grechixa yormasi - 140 g

(b) Yog' - 5 g, bulash uchun suxari uni - 1-2 g

(c) Smetana - 30 g
Barcha massaliqlarni aralashtiring (a). Sariyog' surtilgan va qoplangan non

burdalarini ichi chuqur jomga joylashtiring (b). Tepasiga smetana surting (c).

Tayyorlashni boshlang.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 25

2013-12-10 �� 6:30:55

Advertising