Pechdan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 157

Advertising
background image

O'zbekcha-13

03

PECH XUSUSIY

ATLARI

AKSESSUARLAR

Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta aksessuarlar kiradi, ular turli

shaklda qo'llanilishi mumkin.

1. Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.

Vazifasi: Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.

2. Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga

o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.

Vazifasi: Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy

yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan

chiqarib olish va yuvish mumkin.

3. Baland taglik va past taglik aylanuvchi patnisga o'rnatiladi.

Vazifasi: Metall tagliklardan bir vaqtda ikki xil taomni

tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Kichkina

idish aylanuvchi patnisga va ikkinchi idish taglikka

joylashtirilishi mumkin. Metall tagliklardan gril,

konveksiya rejimlarida va taom tayyorlashning

birgalikdagi rejimida foydalanish mumkin.

4. Qizartiruvchi idish, 32-betga qarang.

Vazifasi: Qizartiruvchi idishdan mikroto'lqin yoki birgalikda

tayyorlash rejimlarida taomni yaxshiroq qizartirish

uchun foydalaniladi. U qandolatchilik mahsulotlari

va pitstsada qisirdoqlarning hosil bo'lishiga yordam

beradi.

pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan

ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini

o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

• Muzdan tushirish

• Isitish

• Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.

1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan qaytarilgan

mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida

bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis

tayyorlanadi.

2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha

kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot

ichida tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning

quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

• Mahsulotlarning miqdori va zichligi

• Ularning tarkibidagi suvning miqdori

• Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki

yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga

tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan

keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom

retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish

lozim:
• Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.

• Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 13

2013-12-10 �� 6:30:53

Advertising