Qisqacha yo'riqnoma – Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5135CK-BW

Страница 155

Advertising
background image

O'zbekcha-11

02

QISQA

CHA Y

O'RIQNOMA

• Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi

uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga

tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar

bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki

www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.

• Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma

faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan

hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in

chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri

foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga

olmaydi.

• Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi

va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron

yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini

o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini

ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki

odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan

elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy

resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni

qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni

xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va

xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron

aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik

kerak.

qisqacha yo'riqnoma

Taom tayyorlamoqchiman.

1. Taomni pechga joylashtiring. СТАРТ/+30 сек

(START/+30 son) tugmasini bosing.

Natija:

Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech

tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta

miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta

tovushli signal beradi.

Qo'shimcha 30 soniyani qo'shish.

30 soniya oraliq bilan vaqt qo'shish uchun СТАРТ/+30 сек

(START/+30 son) tugmasini bir yoki bir necha marta bosing.

Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burish orqali siz

vaqtni o'zingiz xohlagan qiymatga o'rnatishingiz mumkin.

MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-00_UZ.indd 11

2013-12-10 �� 6:30:52

Advertising