Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 141

Advertising
background image

33

O'ZBEK

CHA

MAXSUS MASLAHATLAR

SARIYOG’NI ERITISH

50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping.

Yog’ erigunicha 800 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH

100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450 Vt

quvvatda 3-5 daqiqa qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Oshxona

qo’lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKARLANGAN ASALNI ERITISH

20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha

300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATIN ERITISH

Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Suvni to'kib tashlang va

jelatinni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.

Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PIROGLAR UCHUN)

Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan

aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof

rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib, 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang.

Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH

600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan

qopqoqli kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo’shing va yaxshilab

aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash

vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo’ljallangan kichkina

bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog’ini pastga qilgan holda qo’ying.
PUDING TAYYORLASH

Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga

amal qilgan holda qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan

qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan

7,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOMNI QIZARTIRISH

30 g kesilgan bodomni o’rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600 Vt

quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta

aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Oshxona qo’lqopdan foydalangan holda

oling!

NIMADANDIR SHUBHALANSANGIZ YOKI MUAMMO

TUG’ILSA, NIMA QILISH KERAK

Agar sizda quyida sanab o’tilgan muammolardan birortasi paydo bo’lsa, ular uchun berilgan

tegishli yechimlarni qo’llab ko’ring.
Bu normal holat.
Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug’lik shu’lalari.
• Eshikcha perimetri bo’ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.
( ) tugmasi bosilganida pech ishlashni boshlamaydi.
Pech eshikchasi to’liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.
Vaqt to'g'ri o'rnatilganmi, va ( ) tugmasi bosilganmi?
• Eshikcha yopilganmi?
• Balki elektr tarmog’idagi yuklamani oshirib yuborgandirsizmi, va bu eruvchan saqlagichning

kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan bo’lishi mumkin?

Taom yaxshi pishmagan yoki haddan tashqari pishib ketgan.
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to’g’ri tanlanganmi?
• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi? Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr

yoyi) kuzatilmoqda.

Balki metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?
• Balki pechda vilka yoki boshqa metall predmetni qoldirmagandirsiz?
• Balki alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turgandir?
Lampa ishlamayapti.
Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida lampani mustaqil ravishda almashtirmaslik kerak.

Lampani malakali muhandis tomonidan almashtirilishi uchun sizga yaqin bo'lgan Samsung

tomonidan ma'qullangan mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan aloqaga chiqing.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi

mumkin. Bu normal holat. Ushbu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar

yoki antennalardan uzoqroqda o‘rnating.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 33

2013-12-11 �� 5:24:24

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: