Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 111

Advertising
background image

3

O'ZBEK

CHA

OGOHLANTIRISH. Bolalar faqat tegishli ko'rsatmalar

olgan, xavfsiz tarzda foydalanishni bilgan va u bilan

noto’g’ri muomala qilishning xavfli ekanligini anglab

yetgan hollardagina pechdan kattalarning nazoratisiz

foydalanishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH. Agar ular nazorat ostida bo'lsalar

yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan

ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar

berilsa, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va

jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va

tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari

mumkin. Bolalar ushbu qurilmani o'ynamasliklari kerak.

Tozalash va mustaqil texnik xizmat 8 yoshdan kichik

bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak. Sakkiz

yoshdan kichik bolalar ota-onalar nazorati ostida

tozalashi ruhsat etiladi.
Faqat mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkin

bo’lgan anjomlardan foydalaning.
Plastik yoki qog’oz konteynerdagi taomlarni isitganda

pechni kuzatib turing, chunki yong’in chiqish xavfi

mavjud.
Mikroto’lqinli pech taom va ichimliklarni isitish uchun

mo'ljallangan. Oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimni

quritish, shuningdek isitgich, uy shippaklari, gubka,

nam lattalar va boshqalarni qizitish shikastlanishga,

yong'inga olib kelishi mumkin.

Tutun paydo bo’lganda qurilmani o’chiring yoki uni

elektr tarmog'idan uzing va olovni ushlab turish uchun

eshikni yopiq holda qoldiring.
OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni

pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib

kelishi mumkin, shuning uchun bunday sig’imlar bilan

muomala qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak.
OGOHLANTIRISH. Kuyishning oldini olish uchun

ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun

bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish

kerak, hamda iste'mol qilishdan avval haroratini

tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli

pechda isitib bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish

jarayoni tugagandan keyin ham mikroto’lqinli pech

ichida portlab ketishlari mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish hamda uning

ichidagi taom qoldiqlarini olib tashlash kerak.
Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi

sodir bo’lishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish

muddatini qisqartish hamda xavfli holatlarning vujudga

kelishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o’xshash

transport vositalariga o’rnatish uchun mo’ljallanmagan.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 3

2013-12-11 �� 5:24:12

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: