Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 137

Advertising
background image

29

O'ZBEK

CHA

Yangi uzilgan sabzavotlarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar
Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning.

Aralashmaning har 250 grammiga boshqacha tavsiya qilinmagan hollarda

30-45 ml (2-3 osh qoshiq) suv qo’shing - jadvalga qarang. Qopqoqni

yopgan holda jadvalda ko’rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang.

Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring. Tayyorlash

vaqtida bir marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta

aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki

sariyog’ qo’shing.

Kutish vaqtida yopib qo’ying (3 daqiqa).

Maslahat. Yangi uzilgan sabzavotlarni taxminan bir xil o’lchamdagi

bo’laklarga ajrating. Sabzavotlar qanchalik mayda bo’lsa,

taom shunchalik tez tayyor bo’ladi.

Barcha yangi uzilgan sabzavotlar mikroto’lqinli pechning maksimal quvvati

bilan (800 Vt) tayyorlanishi kerak.

Taom

Porsiya

(g)

Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish vaqti

(daq.)

Ko’rsatmalar

Brokkoli

250

500

4-4½

7-7½

3

Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar

tayyorlang. To’pgullarni poyalari bilan taomning

markaziga joylashtiring.

Bryussel karami

250

5½-6½

3

60-75 ml (4-5 osh qoshiq) suv qo’shing.

Sabzi

250

4½-5

3

Sabzini bir xil o’lchamlarda to’rg’ang.

Gulkaram

250

500

5-5½

8½-9

3

Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar

tayyorlang. Katta to’pgullarni ikkiga bo’ling.

To’pgullarni poyalari bilan taomning markaziga

joylashtiring.

Qovoqchalar

250

3½-4

3

Qovoqchalarni mayda qilib to’rg’ang. 30 ml

(2 osh qoshiq) suv yoki bir bo’lak sariyog’

qo’shing. Yumshoq bo’lgunicha tayyorlang.

Baqlajon

250

3½-4

3

Baqlajonni mayda qilib to’rg’ang va 1 osh qoshiq

limon sharbati seping.

Porey piyozi

250

4½-5

3

Porey piyozini mayda qilib to’rg’ang.

Qo’ziqorin

125

250

1½-2

3-3½

3

Mayda butun va maydalangan qo'ziqorinlarni

tayyorlang. Suv qo'shmang. Limon sharbati

seping. Tuz va murch qo’shing. Dasturxonga

tortishdan avval suyuqlikni to'kib tashlang.

Taom

Porsiya

(g)

Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish vaqti

(daq.)

Ko’rsatmalar

Piyoz

250

5½-6

3

Piyozni to’rg’ang yoki ko'ndalangiga kesing.

Faqat 15 ml (1 osh qoshiq) suv qo’shing.

Garmdori

250

4½-5

3

Garmdorini mayda qilib to’rg’ang.

Kartoshka

250

500

4-5

7½-8½

3

Tozalangan kartoshkani torting va taxminan bir xil

o’lchamlarda qilib ikkiga yoki to’rtga bo’ling.

Bryukva

250

5-5½

3

Bryukvani mayda qilib to’rg’ang.

TAOMNI ISITISH

Mikroto’lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina

tezroq isitish mumkin.

Quyidagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.

Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo’lgan xona haroratiga ega bo’lgan

suyuqliklar hamda harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo’lgan sovutilgan mahsulotlar

uchun ko’rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Ko'p miqdordagi taomlarni, masalan katta go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki

ularning tashqi tarafi qurib ketadi, ichi esa isimaydi. Kichkina porsiyalarni isitish tavsiya qilinadi.
Quvvat darajalari va aralashtirish

Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo’lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va

hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.

Qo’shimcha ko’rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda, kamroq quvvatda

juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdordagi taomlar va ovqatlarni isitish qulay (masalan,

shirin piroglar).

Eng yaxshi natijalarga ega bo’lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida

ag'daring. Iloji bo’lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab

ketishi va kuyib qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring.

Uni kutish vaqtida mikroto’lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha

tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Taom buzilishiga olib keladigan ortiqcha qizib ketishiga yo’l

qo’ymang.

Kamroq isitish vaqtini o’rnatish, keyin esa zarur bo’lgan hollarda vaqt qo’shish ma’qulroqdir.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 29

2013-12-11 �� 5:24:23

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: