Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 114

Advertising
background image

6

O'ZBEK

CHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI O’RNATISH
Pechni poldan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga

o’rnating. Yuza pechning og’irligini xavfsiz darajada

ko’tarish uchun yetarlicha mustahkam bo’lishi kerak.
1. Pechni o’rnatish chog’ida ventilyatsiya

normal bo’lishi uchun pech va boshqa

predmetlar orasidagi masofa pechning

orqa va yon devorlari uchun kamida

10 sm, pechning ustki qopqog’i uchun – 20 sm bo’lishi

kerak.

2. Pechdan barcha o'rovchi materiallarni olib tashlang.
3. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.

Aylanuvchi patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

(Faqat rolikli taglik bilan jihozlangan modellar uchun)

4. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan

osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda

joylashtirilishi kerak.
Xavfli vaziyatlarni oldini olish uchun shikastlangan

kabelni almashtirish ishlab chiqaruvchi, xizmat

ko'rsatish markazi xodimi yoki boshqa malakali

mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak. Xavfsizlikni

ta’minlash uchun kabelni tegishli o’zgaruvchan tok

tarmog’ining yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.
Mikroto’lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,

oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga

o’rnatmang. Pech iste’mol qiladigan quvvatni inobatga

olish zarur, har qanday uzaytirgich pech bilan birga

yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu

standartiga mos kelishi kerak. Mikroto’lqinli pechni

ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning

zichlagichini nam latta bilan arting.

MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat

zarrachalari to’planishining oldini olish uchun uning

quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.

• Pechning ichki va tashqi yuzalari

• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari

• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

(Faqat aylanuvchi patnis bilan jihozlangan modellar

uchun)

DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va

eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.
Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi

sodir bo’lishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat

qilish muddatini qisqartish hamda xavfli holatlarning

vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq

sovunli suv bilan tozalang. Sovunli suvni yuvib

tashlang va quruq qilib arting.

Orqadan

10 sm

Yuqoridan

20 sm

Yon tomondan

10 sm

Poldan

85 sm

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 6

2013-12-11 �� 5:24:12

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: