Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 117

Advertising
background image

9

O'ZBEK

CHA

Bolalarga eshikchani yopish yoki ochishga ruxsat bermang - ular

urilishi yoki barmoqlarini qisib qolishi mumkin.
OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni pechda isitish

sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun

bunday holatning oldini olish uchun bunday sig’imlar bilan muomala

qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatni oldini olish

uchun haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech

o'chganidan keyin DOIMO 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda

suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni ALBATTA aralashtiring.

Kuyish sodir bo’lganda, BIRINCHI YORDAM ko’rsatish bo’yicha

quyidagi harakatlarni bajaring.

• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
• Toza quruq quruq lattani bog’lang.
• Hech qanday kremlar, moylar yoki los’onlar surtmang.

DIQQAT

Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning.

Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan

oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG.

O’ralgan o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling.

Sabab: elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan

foydalanmang.
Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki

buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l qo'ymang

va kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan uzoqroq

joylashtiring.
Xom tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib

bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham

mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin. Germetik yopilgan

butilka, banka, konteynerlar, butun yong’oq, pomidor kabilarni isitish

mumkin emas.

Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang.

Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib

ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib

qolishi mumkin. Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda

albatta oshxona qo’lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli

qaynashning oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20 soniya

davomida eshikchani ochmang.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini

olish uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash

maqsadida mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda

o’chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto’lqinlarni yutishi

uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan

masofani ta’minlash kerak "Mikroto’lqinli pechni o’rnatish").
Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga

ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 9

2013-12-11 �� 5:24:18

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: