Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 118

Advertising
background image

10

O'ZBEK

CHA

• Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi

uchun mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga

tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar

bo’lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki

quyidagi saytdagi ma’lumotlar qidiruvidan foydalaning: www.samsung.com.

• Ushbu mikroto’lqinli pech taomlarni isitish uchun mo’ljallangan. Va faqat uy

sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan. Kuyib qolish va yonib ketishning

oldini olish uchun donlar bilan to’ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni

isitmang. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto’g’ri foydalanilganligi natijasida

olingan zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

• Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli

holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot

va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi,

naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa

maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz

buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning

salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan

elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va

moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun

ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun

ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar

olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy

hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan

bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak.

Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy

chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

ELEKTROMAGNIT NURLANISH TA'SIRINI OLDINI OLISH

UCHUN EHTIYOT CHORALARI (FAQAT MIKROTO'LQINLI PECH

FUNKTSIYALARI UCHUN).

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik elektromagnit nurlarning

organizmingizga zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.

(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni yoqmang,

blokirovka qiluvchi fiksatorlarni buzmang yoki blokirovka qiluvchi

fiksatorlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni qo’ymang,

zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho’kindilari

to’planishiga yo’l qo’ymang. Pechdan foydalangandan so'ng, eshikcha va

uning zichlovchi yuzasini oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan

artgan holda, tozalikda saqlang.

(c) Nosoz pechdan foydalanmang. Pechni faqat ishlab chiqaruvchi firma

tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha

malakali mutaxassis tomonidan tai'mirlanganidan keyin ishlatish mumkin.

Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani

ta'minlash juda muhim:
(1) Eshikcha (bukilmagan bo'lishi kerak);
(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo’shashgan bo’lmasligi kerak);
(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar.

(d) Pechni sozlash yoki ta’mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan

o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha malakali mutaxassis

tomonidan bajarilishi kerak.

Samsung kompaniyasi aksessuarlarni o'zgartirish yoki kosmetik nuqsonlarni

yo'q qilish uchun haq oladi agar jihozning bunday shikastlanishi va/yoki

aksessuarning yo'qotilishi sotib oluvchining aybi bilan amalga oshsa.

Yuqoridagi shart ta'sir qilmaydigan narsalar.

(a) G'udurlar, qirmalar, yoki shikastlanish alomatlari bo'lgan eshikcha, dasta,

tashqi panel yoki boshqaruv paneli.

(b) Singan yoki yo'qotilgan patnis, rolik yo'naltiruchisi, mufta, yoki kabellar bloki.

• Jihozdan ushbu yo'riqnomadagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda faqat

aytilgan maqsadlarda foydalaning. Aytilgan ogohlantirishlar va xavfsizlik

texnikasi bo'yicha muhim ko'rsatmalar to'la emasdir. Qurilmani o’rnatish,

unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog’lom

fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi kerak.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 10

2013-12-11 �� 5:24:18

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: