Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 115

Advertising
background image

7

O'ZBEK

CHA

2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va

dog’larni sovunli suvda ho’llangan latta bilan arting.

Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni

yo’q qilish uchun limon sharbatiga suv qo’shilgan

chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying va o'n daqiqa

davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada

yuvish mumkin.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo’l

qo’ymang. HECH QACHON abraziv materiallar va

kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik

zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:

• ularda to’planib qolmasligiga;

• va eshikning normal yopilishiga xalaqit

bermasligiga alohida e’tibor qarating.

Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin

yumshoq yuvish vositasi eritmasidan foydalangan holda

tozalang, Kuyishning oldini olish uchun avval pech ichki

kamerasi devorlarining sovushini kuting.

Pechning yuqori ichki qismlarini

tozalashda qizdirish elementini 45° ga

pastga burish va keyin tozalash tavsiya

etiladi.

(Faqat buriluvchi qizdiruvchili modellar bilan)

MIKROTO’LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA’MIRLASH
Mikroto’lqinli pechni o’rnatishda va unga xizmat

ko’rsatishda bir nechta oddiy ehtiyot choralari ko’rilishi

lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari

shikastlangan bo’lsa, uni ishlatish mumkin emas.

• Halqalari singan bo’lsa

• Zichlagich yemirilgan bo’lsa

• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan

bo’lsa

Pechni ta’mirlash ishlari faqat mikroto’lqinli pechlar

bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

Pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar

pech nosoz bo’lsa va uni ta’mirlash talab qilinsa,

yoki sizni uning holati shubhalantirsa, quyidagi

harakatlarni bajaring.
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo’ying

• Yaqinda joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga

murojaat qiling

Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib

qo’ymoqchi bo’lsangiz, unda quruq va changsiz joyni

tanlang.

Sababi: Chang va namlik pechning ishchi qismlariga

zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 7

2013-12-11 �� 5:24:12

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: