Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 116

Advertising
background image

8

O'ZBEK

CHA

Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini

rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begona buyumlarni qo’ymang. Agar

qurilma ichiga suv yoki boshqa begona buyumlar kirib qolgan

bo’lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o’zingizga eng yaqin

joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Qurilmaga ortiqcha jismoniy ta’sir ko’rsatmasligi yoki urilmasligi kerak.

Pechni mo’rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha

buyumlar ustiga qo'ymang
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug’tozalagich yoki

yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog’idagi kuchlanish, chastota va tok kuchi qurilmaning

texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasining rozetkaga tiqilganligiga

ishonch hosil qiling. Bir nechta rozetkalarga ega bo'lgan perexodnik,

uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni

buyumlar orasiga qo’ymang va pechning orqasi orqali o’tkazmang.
Shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan, shuningdek

tarmoq rozetkasiga ulanmagan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki

elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o’zingizga eng

yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Bevosita pechga suv sepmang.

Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo’ymang.

Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni

sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan

taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt

bug'lari pechning isitilgan qismlariga tegib ketishi mumkin.

Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun

mo’ljallanmagan.
Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida lampani mustaqil

ravishda almashtirmaslik kerak. Lampani malakali

muhandis tomonidan almashtirilishini uchun sizga

yaqin bo'lgan Samsung mijozlarga xizmat ko'rsatish

markazi bilan aloqaga chiqing

OGOHLANTIRISH

Elektr jihozni har qanday o’zgartirish va ta’mirlash ishlari faqat malakali

mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini mikroto'lqinlar rejimida

germetik yopilgan konteynerlarda isitmang.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi

yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin

joylar, namlik yoki changlanganlik darajasi yuqori bo’lgan xonalar,

to’g’ridan-to’g’ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar

hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan hududlar va notekis

sirtlarga o’rnatmang.
Qurilmani mahalliy yoki davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash

kerak.
Chang va namni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining

vilkasi va aloqa joyini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga

og’ir buyumlarni qo’ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar) chiqish holatlari yuz berganda

darhol xonani shamollating va elektr manbai vilkasiga ulash kabeliga

tegmang.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 8

2013-12-11 �� 5:24:16

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: