Tovushli signalni o’chirib qo’yish, Idish tanlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung MS23F301TAW

Страница 134

Advertising
background image

26

O'ZBEK

CHA

TOVUSHLI SIGNALNI O’CHIRIB QO’YISH

Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
1. ( ) va ( ) tugmalarini birdaniga bosing.

Natija:

• Displeyda quyidagi namoyish etiladi.

• Pech bundan buyon har safar tugmachalar bosilganda tovushli

signal bermaydi.

2. Tovushli signalni yoqib qo’yish uchun ( ) va ( )

tugmachalarini bir vaqtda yana bir marta bosing.

Natija:

• Displeyda quyidagi namoyish etiladi.

• Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.

MIKROTO’LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA

BLOKIROVKA QILISH

Ushbu mikroto’lqinli pechda ichki o’rnatilgan xavfsizlik dasturi mavjud, u bola yoki

pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo’ymasligi

uchun pechdan foydalanishni bloklashga imkon beradi.

Pechni har qanday payt blokirovka qilish mumkin.
1. (

) tugmasini bosing va bir soniya davomida bosib

turing.

Natija:

• Pech bloklangan (funktsiyalar tanlash

mumkin emas).

• Displeyda "L" namoyish etiladi.

2. Blokirovkadan olish uchun, tugmasini bosing (

) va bir

soniya davomida ushlab turing.

Natija :

Pechni odatiy ravishda ishlatish

mumkin.

IDISH TANLASH BO’YICHA QO’LLANMA

Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va

foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni

tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi

ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari

keltirilgan va ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi

ko’rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan himoya

qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin.

Folganing pech devoriga yaqin turishi yoki ko'p

miqdorda folga ishlatilishi elektr yoyi paydo

bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan sakkiz daqiqadan ko’p qizdirmang.

Chinni va sopol buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan

keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak

bo’lmasa, mos keladi.

Poliefirda bir martalik

idish.

Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday

idishlarga solinib o’raladi.

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o’rami
• Polistirol stakanchalar va

konteynerlar

Taomni isitish uchun ishlatish mumkin. Polistirolning

qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.

• Qog’oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketish xavfi.

• Ikkilamchi xomashyodan

tayyorlangan qog’oz

yoki metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Tayyorlash uchun idish

Metall bezagi bo’lmasa, ishlatish mumkin.

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish

mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi

yoki yorilishi mumkin.

• Shisha bankalar

Qopqog’ini olib qo’yish kerak. Faqat isitish uchun

yaroqli.

MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-02_UZ.indd 26

2013-12-11 �� 5:24:23

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: