Nosozliklarni bartaraf etish – Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 157

Advertising
background image

O'zbekcha-37

06

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

MAXSUS MASLAHATLAR

SARIYOG'NI ERITISH

50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping.

Yog' erigunicha 800 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH

100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450 Vt

quvvatda 3-5 soniya qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan

foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH

20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha 300

Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH

Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Jelatindan suvni oqizib

tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa

qizdiring. Eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)

Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan

aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof

rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang.

Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH

600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli

kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir

necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga

soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
PUDING TAYYORLASH

Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga

amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan

qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 750 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan 7,5

daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH

30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600

Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta

aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

nosozliklarni bartaraf etish

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

Yangi qurilma bilan tanishib chiqish har doim ozgina vaqtni oladi. Agar sizda quyida

keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal

qilishga harakat qiling. Bu sizning vaqtingizni tejashi hamda xizmat ko'rsatish

markaziga qo'ng'iroq qilish tashvishidan xalos qilishi mumkin.
Quyidagilar oddiy hol hisoblanadi.
Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari
• Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'
Taom umuman tayyorlanmayapti.
Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va СТАРТ (Start) (

) tugmachasini

bosdingizmi?

• Eshikcha yopilganmi?
• Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi? Bu eruvchan

saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan

bo'lishi mumkin.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar

kuzatilishi mumkin. Bu oddiy holat.

Yechim: pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi

ko'rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin.

Yechim: Tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan

rozetkaga tiqing. Vaqtni qaytadan o'rnating.

Chiroq ishlamayapti.
Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos,

chiroqni malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin

joylashgan vakolatli Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga

murojaat qiling.

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 37

2013-11-28 �� 4:05:49

Advertising