Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W
Страница 128
O'zbekcha-8
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang.
Agar qurilma ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib
qolgan bo'lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va
o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.
Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki
shisha buyumlar ustiga qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt,
bug'tozalagich yoki yuqori bosimli tozalagichlardan
foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining
qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil
qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam
tiqing. Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik,
uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang,
uni buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali
o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o'zingizga eng
yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni
qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni
sepmang.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida lampochka
malakaga ega bo'lmagan shaxs tomonidan
almashtirilmasligi kerak. Lampochka malakali muhandis
tomonidan almashtirib berilishi uchun o'zingizga yaqin
joylashgan vakolatli Samsung xaridorlarga xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto'lqinli pechni har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlash
ishlari faqat malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik
yopilgan konteynerlarda mikroto'lqin funksiyasida isitmang.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv
oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga
yaqin joylar, namlik, yog'li yoki changlanganlik darajasi yuqori
bo'lgan xonalar, to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari
yoki suv ta'siri ostidagi joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi
mumkin bo'lgan joylar va notekis sirtlarga o'rnatmang.
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri
ulash kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr
manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning
ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari
yuz berganda darxol xonani shamollating va elektr manbaiga
ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan
tegmang.
GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 8
2013-11-28 �� 4:05:36