Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma – Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W
Страница 149
O'zbekcha-29
04
IDISHLARNI
TANLASH
BO'YICHA
YO'RIQNOMA
idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun
idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli pechlarda foydalanish
mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli
oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay
tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Izohlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish
uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar folga pech
devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa yoki folga juda ko'p
miqdorda ishlatilayotgan bo'lsa, elektr yoyi hosil bo'lishi
mumkin.
Qizartirish uchun idish
✓
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
✓
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan keramika
va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak bo'lmasa,
mos keladi.
Bir martalik plastik
tog'orachalar
✓
Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o'rami
• Polistirol stakanchalar
va konteynerlar
✓
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin. Polistirolning
qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
• Qog'oz paketlar yoki
gazetalar
✗
Yonib ketishi mumkin.
• Ikkilamchi
xomashyodan
tayyorlangan qog'oz
yoki metall bezak
✗
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
• Toblangan shishadan
tayyorlangan idish
✓
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Izohlar
• Yupqa shisha idish
✓
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin.
Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi yoki yorilishi
mumkin.
• Shisha bankalar
✓
Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish uchun yaroqli.
Metall
• Idishlar
✗
Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
• Paketlarni bog'lash
uchun buralgan simlar
✗
Qog'oz
• Tarelkalar,
stakanchalar,
salfetkalar va oshxona
qog'ozi
✓
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Shuningdek,
ortiqcha namlikni yutish uchun yaroqli.
• Ikkilamchi
xomashyodan qayta
ishlangan qog'oz
✗
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
• Konteynerlar
✓
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo'lsa.
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta'sirida qiyshayib
qolishi, rangini yo'qotishi mumkin. Melaminli plastikdan
foydalanmang.
• Qoplovchi plyonka
✓
Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin.
Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot
bo'ling, chunki tashqariga issiq bug' chiqadi.
• Muzlatish uchun
paketlar
✓ ✗
Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda ishlatish
uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan bo'lmasligi kerak.
Zarurat tug'ilganida, ularni vilka bilan teshing.
Parafinlangan yoki yog'
o'tkazmaydigan qog'oz
✓
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish uchun
ishlatilishi mumkin.
✓
: Tavsiya etiladi
✓✗
: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
✗
: Foydalanish xavfsiz emas
GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 29
2013-11-28 �� 4:05:47