Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 154

Advertising
background image

O'zbekcha-34

QO'LDA MUZDAN TUSHIRISH

Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli

hisoblanadi. Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan

tushiradi. Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali

bo'lishi mumkin.

Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak.

Qadoqdan metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi

suvning oqib ketishini ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval tovuqni

qadoqdan chiqarib oling.

Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan

tushirish vaqtining yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik

hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang.

Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan

tekshirib turing.

Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni

muzdan tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib

qo'yish mumkin.

Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va

muzdan tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.

Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni

bir oz shundoq qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan

tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin.

Quyida keltirilgan jadvalga qarang.

Maslahat : Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam

miqdordagi mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq muzdan

tushadi. Ushbu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan

tushirishda yodda tuting.

Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan

tushirishda quyidagi jadvalga amal qiling.
Har qanday muzlatilgan mahsulotni muzdan tushirish uchun ko'zda tutilgan

quvvatda (180 Vt) muzdan tushirish kerak.

Taom

Porsiya

Vaqt (daq.)

Ushlab turish vaqti (daq.)

Go'sht
Mol go'shti

qiymasi

250 g

6½-7½

5-25

500 g

10-12

5-25

Taom

Porsiya

Vaqt (daq.)

Ushlab turish vaqti (daq.)

Cho'chqa

go'shtidan

tayyorlangan

steyklar

250 g

7½-8½

5-25

< Ko'rsatmalar >

Go'shtni tekis sopol idishga soling. Ingichka qirralarini alyumin folga bilan

o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.

Parranda go'shti
Tovuq bo'laklari

500 g (2 dona)

14½-15½

15-40

Butun tovuq

900 g

28-30
< Ko'rsatmalar >

Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga

soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga

bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.

Baliq
Baliq filesi

250 g (2 dona)

6-7

5-15

400 g (4 dona)

12-13
< Ko'rsatmalar >

Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka

bo'laklarini semizlari tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin folga

bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.

Mevalar
Reza mevalar

250 g

6-7

5-10

< Ko'rsatmalar >

Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan) idishga

yupqa qatlam qilib yoying.

Non
Bulochka (har biri

taxminan 50 g)

2 dona

½-1

5-20

4 dona

2-2½

5-20

Tost/Sendvich

250 g

4 ½ -5

5-20

Nemischa non

(bug'doy + javdar

uni)

500 g

8-10

< Ko'rsatmalar >

Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga

bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan

tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 34

2013-11-28 �� 4:05:48

Advertising