Pechdan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 134

Advertising
background image

O'zbekcha-14

pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan

ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va

ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

• Muzdan tushirish
• Tezkor isitish/tayyorlash
• Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan

mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish

jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga

taom bir tekis tayyorlanadi.

2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi.

Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi

hisobiga davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi

xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:
Mahsulotlarning miqdori va zichligi

Ularning tarkibidagi suvning miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga

tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan

olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni

ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan

taomning "kutish vaqtiga" amal qilish lozim:
• Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash

• Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri

ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap

burchagidagi katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.

Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani

yoping.
1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing

va 1мин (1daq) tugmasini kerakli marta bosgan

holda 4 daqiqadan 5 daqiqagacha bo'lgan vaqtni

o'rnating.

2. СТАРТ (Start) (

) tugmasini bosing.

Natija :

Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida

isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos

rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan

bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat

darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun

ko'proq vaqt talab qilinadi.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektr quvvati

berilganda displeyda vaqtning "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish

qilinadi.

Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda

namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

• Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
• Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida,

soatni to'g'rilashni unutmang.
Quvvatlarni avtomatik tejash funksiyasi

Agar siz qurilma o'rnatish o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtab turish

holatida bo'lganida birorta ham funksiyani tanlamasangiz, funksiya

bekor qilinadi va 25 daqiqadan keyin soat namoyish qilinadi.

5 daqiqadan keyin eshikcha ochilgan holda pech chirog'i o'chadi.

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 14

2013-11-28 �� 4:05:41

Advertising