Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 152

Advertising
background image

O'zbekcha-32

Taom

Porsiya Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish vaqti

(daq.)

Ko'rsatmalar

Qo'ziqorin

125 g

1½-2

3

Mayda butun va maydalangan

qo'ziqorinlarni tayyorlang.
Suv qo'shmang. Limon sharbatini

seping. Tuz va murch qo'shing.

Dasturxonga tortishdan avval

suyuqlik quying.

250 g

3-3½

3

Piyoz

250 g

5½-6

3

Piyozni to'rg'ang yoki ko'ndalangiga

kesing. Faqat 15 ml (1 osh qoshiq)

sovuq suv qo'shing.

Garmdori

250 g

4½-5

3

Garmdorini mayda qilib to'rg'ang.

Kartoshka

250 g

4-5

3

Tozalangan kartoshkani torting va

taxminan bir xil o'lchamlarda qilib

ikkiga yoki to'rtga bo'ling.

500 g 7½-8½

3

Bryukva

250 g

5-5½

3

Bryukvani mayda qilib to'rg'ang.

TAOMNI ISITISH

Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga

qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin.

Keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt

oraliqlariga amal qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha

bo'lgan xona haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C

dan +7 °C gacha bo'lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling

– ularni uzoq vaqt isitishga to'g'ri keladi va chetlari haddan tashqari

quruqlashadi. Kichkina bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish

Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600

Vt, 450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.

Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda

kamroq quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdorsdagi

taomlar va ovqatlarini isitish qulay (masalan, shirin piroglar).

Eng yaxshi natijalarga ega bo'lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki

isitish vaqtida ag'daring. Iloji bo'lsa dasturxonga tortishdan avval yana

aralashtiring.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling.

Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun isitish

vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli

pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani

solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom

buzilishi mumkin).

Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt

qo'shish ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti

Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib

qo'ying va ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning.

Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.

Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz

kuting.

Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi

tavsiya qilinmagan bo'lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi.

Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana

"Ehtiyot choralari" bo'limiga qarang.

SUYUQLIKLARNI ISITISH

Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech

o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni

aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqliklarning qaynab

ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha
yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring.

BOLALAR TAOMLARINI ISITISH

BOLALAR TAOMLARI: Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa

qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring!

Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratini

tekshiring. Taomning tavsiya qilingan harorati: 30-40 °C o'rtasida.

BOLALAR SUTI: Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda

isiting. Sutni hech qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha

qizib ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va

keyin silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini

yaxshilab tekshiring. Taomning tavsiya qilingan harorati: taxminan 37 °C.

IZOH: Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining

haroratini juda puxta tekshirish lozim.

Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal

qiling.

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 32

2013-11-28 �� 4:05:47

Advertising