Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 144

Advertising
background image

O'zbekcha-24

TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN

TUSHIRISH FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH

Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyasi go'sht,

parranda go'shti, baliq, mevalarni muzdan tushirishga imkon beradi.

Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi.

Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.

Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan

idishlardan foydalaning.

Avval muzlatilgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va

eshikchani yoping.
1. Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan

muzdan tushirish) (

) tugmachasini bir yoki bir

necha marta bosgan holda tayyorlanayotgan taom

turini tanlang. (Qo'shimcha ma'lumotlar uchun yon

tomondagi jadvalga qarang)

2. кг (kg) va 100г (100g) tugmachalarini bosgan holda

mahsulot og'irligini tanlang.

Ruxsat berilgan eng ko'p og'irlik - 1500 g.

3. СТАРТ (Start) (

) tugmasini bosing.

Natija :

Mahsulotlarning muzdan tushishi

boshlanadi.

Muzdan tushirish vaqtida pech mahsulotlarni ag'darish

kerakligini eslatgan holda tovushli signallar beradi.

Muzdan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana

СТАРТ (Start) (

) tugmachasini bosing.

Mahsulotlarni qo'l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning

uchun quvvat darajasi 180 Vt bo'lgan mikroto'lqinlar rejimida taom

tayyorlash/isitish funksiyasini tanlang. Batafsil ma'lumotlar uchun

15-sahifadagi "Taom tayyorlash/isitish" bo'limiga qarang.

TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN

TUSHIRISH DASTURLARIDAN FOYDALANISH

Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining turli dasturlari,

mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har

qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak. Go'sht, tovuq, baliq yoki mevalar/sabzavotlarni sopol

tarelkaga joylashtiring.

Kod

Taom

Porsiya

(g)

Ushlab turish

vaqti (daq.)

Tavsiyalar

1

Go'sht

200-1500

20-90

Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.

Pech tovushli signal berganida go'shtni

aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti,

qo'y go'shti, cho'chqa go'shti,

bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht,

qiymani muzdan tushirish uchun

mo'ljallangan.

2

Parranda

go'shti

200-1500

20-90

Oyoqlari va qanotlarining uchini

alyuminiy folga bilan yoping. Pech

tovushli signal berganida parranda

go'shtini aylantiring. Siz tovuqni ham

butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida

muzdan tushirishingiz mumkin.

3

Baliq

200-1500

20-80

Butun baliqning dumini alyuminiy folga

bilan yoping. Pech tovushli signal

berganida baliqni aylantiring. Ushbu

dastur baliqni ham butunligicha, ham

baliq filesining bo'laklari ko'rinishida

muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.

4

Mevalar/

Reza mevalar

100-600

5-20

Mevalarni yassi shisha idishga bir

tekis qilib joylashtiring. Pech signal

berganida mevalarni aralashtiring. Bu

dastur barcha turdagi mevalar uchun

mos keladi.

Mahsulotlarni qo'lda muzdan tushirish uchun qo'lda muzdan tushirish funksiyasini va 180 Vt ga

teng quvvat darajasini tanlang. Qo'lda muzdan tushirish va muzdan tushirish vaqti to'g'risida

qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 34-sahifaga qarang.

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 24

2013-11-28 �� 4:05:44

Advertising