Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1W

Страница 147

Advertising
background image

O'zbekcha-27

03

PECHDAN FOYDALANISH

Tayyorlash jarayonida qizdirish elementi o'chsa va yana yonsa, xavotir

olmang. Ushbu tizimning tuzilishi ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.
Pechdagi anjomlariga tegayotganda doimo pech qo'lqoplardan

foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA

FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda

mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham

foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning

uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular

mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan

foydalaning, chunki juda issiq bo'ladi.

1. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta

tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.

Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga

joylashtiring. Eshikchani yoping.

2. СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini

bosing.
Natija :

Displeyda quyidagi ma'lumotlar

namoyish qilinadi:
СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) (mikroto'lqin va gril rejimi)
600 Vt

(ishlab chiqilayotgan quvvat)

Mos quvvat darajasi namoyish qilingunicha СВЧ+Гриль

(Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosgan holda tegishli quvvat

darajasini tanlang.

Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

3. 10мин (10daq), 1мин (1daq) va 10сек (10son)

tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4. СТАРТ (Start) (

) tugmasini bosing.

Natija :

Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash

boshlanadi. Tayyorlash yakunlangandan

keyin.
1) Pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi

tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3) Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori

quvvat darajasi 600 Vt.

BIR NECHA BOSQICHDA TAOM TAYYORLASH

Mikroto'lqinli pechni ko'pi bilan uch bosqichda taom tayyorlaydigan tarzda

dasturlab qo'yish mumkin.
Masalan: Har bir bosqich tugallanishi bilan pechning ishlash parametrlarini

o'zgartirmagan holda taomni muzdan tushirish va tayyorlash

zarur. Og'irligi 500 g bo'lgan baliqni quyidagi 3 bosqichda

muzdan tushirish va tayyorlash mumkin:

Muzdan tushirish

Tayyorlash I

Tayyorlash II

Taomni bir necha bosqichda tayyorlaganda 2 yoki 3 bosqichni tanlash

mumkin. 3 ta bosqichni tanlaganda birinchi bosqich muzdan tushirish

bo'lishi kerak. So'nggi bosqish sozlanmagunicha (

) tugmachasini

bosmang.

1. Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan

muzdan tushirish) (

) tugmachasini bir yoki bir

necha marta bosing.

2. кг (kg) va 100г (100g) tugmachalarini kerakli

miqdorda bosgan holda og'irlikni bering (ushbu

misolda 500 g).

GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 27

2013-11-28 �� 4:05:46

Advertising