Инструкция по эксплуатации Samsung GE73MR

Страница 127

Advertising
background image

31

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH

Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir nechta

oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni

ishlatish mumkin emas:

• Xalqalari singan bo'lsa
• Zichlagich yemirilgan bo'lsa
• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa

Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali

mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar

pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa, yoki sizni uning holati

shubhalantirsa:
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying

• Yaqinda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi bo'lsangiz,

unda quruq va changsiz joyni tanlang.

Sababi : Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir

ko'rsatishi mumkin.

Ushbu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun

mo'ljallanmagan.

TEXNIK XUSUSIYATLAR

SAMSUNG kompaniyasi o'z mahsulotlarini muntazam ravishda

takomillashtirib boradi. Dizayn xususiyatlari va mazkur qo'llanma oldindan

xabardor qilinmasdan o'zgartirilishi mumkin.

Model

GE73MR

Elektr toki manbai

230 V ~ 50 Gts

Iste'mol qilinadigan quvvat

Mikroto'lqin
Gril
Birgalikdagi rejim

1150 Vt
1100 Vt
2250 Vt

Ishlab chiqilayotgan quvvat

100 Vt / 750 Vt (IEC-705)

Ishchi chastotasi

2 450 MGts

Magnetron

OM75S(31)

Sovutish usuli

Sovutuvchi elektr ventilyator

Gabarit o'lchamlari (K x B x G)

Tashqi qismi
Pechning ichki kamerasi

489 x 275 x 352 mm
330 x 211 x 309 mm

Kamerasining hajmi

20 litr

Og'irligi

Sof og'irligi

Taxminan 12,5 kg

GE73MR_BWT_DE68-04091A-03_UZ.indd 31

2013-11-28 �� 4:18:45

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: