Инструкция по эксплуатации Samsung GE73MR

Страница 124

Advertising
background image

28

O'ZBEKCHA

Har qanday muzlatilgan mahsulotni muzdan tushirish uchun ko'zda tutilgan

quvvatda (180 Vt) muzdan tushirish kerak.

Taom

Porsiya Vaqt

(daq.)

Ushlab turish

vaqti (daq.)

Ko'rsatmalar

Go'sht
Mol go'shti qiymasi

500 g

10-12

5-20

Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring.

Ingichka qirralarini alyumin folga bilan

o'rang.

Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi

bilan ag'daring!

Cho'chqa go'shtidan

tayyorlangan steyklar

250 g

6-8

Parranda go'shti
Tovuq bo'laklari

500 g

(2 dona)

12-14

15-40

Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga

qilgan holda tekis sopol idishga soling.

Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik

joylarini alyumin folga bilan o'rang. Muzdan

tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'daring.

Butun tovuq

1 000 g 25-28

Baliq
Baliq filesi

250 g

(2 dona)

6-7

5-20

Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish

markaziga joylashtiring.

Semizroq qismlarini oriqroq qismlarining

tagiga joylashtiring.

Ingichka uchlarini alyumin folga bilan

o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi

o'tishi bilan ag'daring.

400 g

(4 dona)

11-13

Mevalar
Reza mevalar

250 g

6-7

5-10

Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta

diametrga ega bo'lgan) idishga yupqa

qatlam qilib yoying.

Non
Tost bo'laklari

(har biri taxminan

50 g)

2 dona

4 dona

1½-2

3-4

5-10

Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli

oshxona sochig'ining ustiga bulochkalarni

aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda

qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining yarmi

o'tishi bilan ag'daring.

Tost/Sendvich

250 g

4-5

Nemischa non

(bug'doy + javdar

uni)

500 g

8-10

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. Ular faqat pech

eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning

tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril avvaldan 2-3 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan

taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari:

Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak.

Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:

Ezilgan go'shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari,

baliqning yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh:

Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa devorda vertikal holatda

emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil

qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga
joylashtirish kerakligini yodda tuting.

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi tayyorlash

tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi.

Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi.

Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:

600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari

Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa

chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona

anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:

Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan

(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash

vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi

qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash

vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish

mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:

Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi elementi orqa

devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda

turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa,

mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita aylanuvchi

patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.

Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.

GE73MR_BWT_DE68-04091A-03_UZ.indd 28

2013-11-28 �� 4:18:44

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: