Mikroto'lqinli pechni tozalash – Инструкция по эксплуатации Samsung GE73MR

Страница 126

Advertising
background image

30

O'ZBEKCHA

MAXSUS MASLAHATLAR

SARIYOG'NI ERITISH

50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa

qopqoq bilan yoping. Yog' erigunicha 750 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH

100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad

erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 soniya qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta

aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH

20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.

Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH

Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Jelatindan suvni

oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.

300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)

Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv

bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan

qiyom shaffof rangga kirgunicha 750 Vt quvvatdan foydalanib 3,5 daqiqadan

4,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH

600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan

qopqoqli kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va

yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 750 Vt quvvatda 10-12 daqiqa

tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli

jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa

qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
PUDING TAYYORLASH

Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi

ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli

issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan

holda 750 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan 7,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash

jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH

30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam

qilib yoying. 600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang,

tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa
qoldiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining

oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich

yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir

ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan

tozalang. Yuvib tashlang va arting.

2. Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli

suvda ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun

limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying

va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l qo'ymang.

HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan

foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish

uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:
• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor

qarating

Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish

vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini

olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

GE73MR_BWT_DE68-04091A-03_UZ.indd 30

2013-11-28 �� 4:18:44

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: