Инструкция по эксплуатации Samsung GE73MR

Страница 106

Advertising
background image

10

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan

ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini

o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

• Muzdan tushirish
• Tezkor isitish/tayyorlash
• Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar

aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis

taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)

chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash

issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga davom

ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning

quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi

mumkin:
Mahsulotlarning miqdori va zichligi

Ularning tarkibidagi suvning miqdori

Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga

tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan

olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash

uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning

"kutish vaqtiga" amal qilish lozim:
• Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash

• Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri

ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap

burchagidagi katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.

Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing va

1мин (1 daq) tugmasini kerakli marta bosgan holda

4 daqiqadan 5 daqiqagacha bo'lgan vaqtni o'rnating.

2. СТАРТ (Start) (

) tugmasini bosing.

Natija :

Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida isiydi.

Keyin suv qaynashi kerak.

Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi

kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori

darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash

darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

QUVVATNI TEJASH REJIMINI O'RNATISH

Ushbu pech quvvatni tejash rejimi nilan jihozlangan. Ushbu rejim pechdan

foydalanilmayotgan vaqtda elektr quvvatini tejab qolishga imkon beradi.
Режим энергосбережения (Quvvatni tejash)

tugmasini bosing.

• Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani oching,

keyin displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi. Shundan keyin

pech foydalanish uchun tayyor bo'ladi.

GE73MR_BWT_DE68-04091A-03_UZ.indd 10

2013-11-28 �� 4:18:39

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: