Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5013AW-BW

Страница 162

Advertising
background image

O'zbekcha - 30

mIkrOTO'lQINlar va grIldaN bIrgalIkda fOydalaNIsh

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va

grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin

bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop

hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning,

chunki ular qattiq qizdiriladi.

Agar yuqori taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va qizartirilgan taomni

olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq darajada

mos bo'lgan taglikka joylashtiring. Taglikni aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

1. СВЧ+Гриль / СВЧ+Конвекция (mikrto'l.+gril / mikroto'l.+konv.)

tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb - 1

(Mikroto'lqin + Gril)

2. yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosish orqali Cb - 1 ning namoyish

qilinayotganligiga ishonch hosil qiling va keyin Выбор (Tanlash)

tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(mikroto'lqin va grildan birgalikda

foydalanish rejimi)

600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)

3. Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300 Vt) namoyish qilinmagunicha

yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosgan holda tegishli quvvat

darajasini tanlang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda

Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.

• Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

• Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, avtomatik

ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.

4. yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosgan holda

tayyorlash vaqtini o'rnating.

• Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

5. СТАРТ (start) tugmasini bosing.

Natija:

• Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.

• Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal

beradi va "End" 4 marta miltillaydi. Keyin pech har

daqiqada bir marta tovushli signal beradi.

mIkrOTO'lQINlar va kONveksIyadaN bIrgalIkda fOydalaNIsh

Tayyorlashning birgalikdagi rejimida mikroto'lqinlar quvvatlaridan ham, konveksion

issiqlikdan ham foydalaniladi. Bunda avvaldan isitib olish talab qilinmaydi, chunki

mikroto'lqinlar quvvati darhol ishga tushadi.

Birgalikdagi rejimda ko'pgina mahsulotlarni tayyorlash mumkin, jumladan:

• Qovurilgan g'osht va tovuq

• Piroglar va tortlar

• Tuxumli va pishloqli taomlar

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin

bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop

hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning,

chunki ular qattiq qizdiriladi.

Agar quyi taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va qizartirilgan taomni

olishingiz mumkin.

Eshikni oching. Mahsulotlarni aylanuvchi patnisga yoki patnis o'rnatiladigan pastki taglikka

joylashtiring. Eshikchani yoping. Isitish elementi gorizontal holatda bo'lishi kerak.

1. СВЧ+Гриль / СВЧ+Конвекция (mikrto'l.+gril / mikroto'l.+konv.)

tugmasini bosing.
Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

Cb - 1 (Mikroto'lqin+Gril)

2. yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosish orqali Cb - 2 ning namoyish

qilinayotganligiga ishonch hosil qiling va keyin Выбор (Tanlash)

tugmasini bosing.

Natija:

Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

(mikroto'lqin va konveksiyadan

birgalikda foydalanish rejimi)

600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)

3. Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300, 180, 100 Vt) namoyish

qilinmagunicha yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosgan holda

tegishli quvvat darajasini tanlang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun

shu vaqtda Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
• Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz,

avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga

o'zgaradi. (Boshlang'ich: 180 °C)

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 30

2013-12-10 �� 1:15:09

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: