Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5013AW-BW

Страница 155

Advertising
background image

O'zbekcha - 23

04
PE
c

HD
AN
fO

y

D

ALANISH

4. bayram taomlari

kod/Taom

masalliqlar / ko'rsatmalar

4-1

Go'sht bilan

qiymalangan

bulg'or

qalampiri

(1) Bulg'or qalampiri - 80 grammga 2 dona, go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa

go'shti) - 150-190 g (ikki qismga bo'ling), oddiy qaynatilgan guruch - 10-20 g,

tuz - 5 g, yanchilgan murch - 0,5 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki

suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 200 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 20 g, suv - 50 ml
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda

aralashtiring. Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni

go'sht bilan to'ldiring. Uni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing (1).

Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech

tovushli signal berganida aralashmani qiymalangan qalampirli bulonga quying.

Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

4-2

baliqli

rasstegay

(1) Muzlatilgan qatlamlangan xamir (2 ta to'rtburchak shakl) - ¼ kvadrat

(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga to'rg'algan sudak biqin go'shti - 25 g,

kubikchalarga to'rg'algan shampinonlar - 6 g, oddiy qaynatilgan guruch - 4 g,

yog'lash uchun tuxum sarig'i - ¼ dona
Xamirni muzdan tushiring. Xamirning bir qismini kerakli o'lchamlarda kesing (1).

Masalliq uchun barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring (2). Masalliqni bir bo'lak

xamir markaziga qo'ying. Mahsulotga qayiq shaklini bering. Tuxum sarig'i bilan

yog'lang. Tarelkaga joylashtiring. Qizartiruvchi idishni quyi taglikka qo'ying.

Tayyorlashni boshlang.

4-3

Pishloqli

suxarilar

Pishloq - 125 g (har biri 25 gramm uchun 4-5 dona), tuxum - 0,5 dona, bulash

uchun suxari uni - 3-5 g
Pishloqni g'ishtchalarga bo'ling. Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan

maydalangan suxari seping. Pishloqni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Keyin

uni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.

4-4

Tovuqdan

tayyorlangan

kabob

Tovuq okorochkalari go'shti - 380 g, tomat pastasi - 20 g, tuz - 5 g, mayda

to'rg'algan sarimsoqpiyoz - 3 g, o'simlik yog'i - 7 g, oddiy yogurt - 70 g, sixlar.

Marinad uchun: pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon po'sti
Go'shtni 3 sm x 3 sm o'lchamlardagi kubiklar shaklida to'rg'ang. Marinad uchun

blenderdan chiqarilgan pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon po'stini

aralashtiring. Marinadni tovuq go'shti bilan aralashtiring. Go'shtni 1 soat tuzli

suvga soling. Tovuq go'shti bo'laklarini yog'och sixlarga o'tkazing.

Ularni tarelkaga soling va keyin yuqori taglikka joylashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

kod/Taom

masalliqlar / ko'rsatmalar

4-5

boyarcha

go'sht

Cho'chqa bo'yni - 280 g (4 ta bo'lak), tuz - 2 g, yanchilgan qora murch - 0,5 g,

shampinon bo'laklari - 45 g, mayonez - 55 g
Go'shtga ziravorlar qo'shing. Go'shtni tarelkaga joylashtiring. Tarelkani baland

taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida go'shtni

shampinonlarga joylashtiring va tepasidan mayonez qo'ying. Tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

4-6

Lososli

kulebyaka

Muzlatilgan qatlamlangan xamir - 130 g

Masalliq: Mayda kubikchalarga torg'algan losos biqin go'shti - 100 g, tuz - 1 g,

qovurilgan piyoz kubikchalari - 20 g, qotirib qaynatilgan mayda qilib kelisgan

tuxum - 30 g, tuxum sarig'i - 1 dona yog'lash uchun
Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun

barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring. Masalliqni xamir markaziga qo'ying. Xamir

qirralarini yopishtiring. Unga shakl bering. Bir necha kesmalar qiling. Tuxum

sarig'i bilan yog'lang. Shakl berilgan xamirni mumlangan qog'ozga joylashtiring.

Keyin uni quyi taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.

4-7

Losos kabobi

Losos katta kubiklar - 350 dan 370 g, Limon - 25 g (sharbat), tuz - 5 g, o'simlik

yog'i - 10 g, to'rg'algan petrushka - 10 g, sixlar
Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliqqa qo'shing. 15-20 daqiqa

marinadlang. Keyin sizlarga o'tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin yuqori

taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

4-8

Sabzavotlar

bilan pishirilgan

forel

Yog' - 5 g, to'rg'algan sabzi - 35 g, to'rg'algan piyoz - 25 g, mayda kesilgan

sarimsoqpiyoz - 3 g, maydalangan selderey barglari - 5 g, forel - 1 dona

(220-250 g), tuz - 1 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, sariyog' - 5 g
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz,

sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan forelni

qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan yoping. Uni

mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.

4-9

Pechenye

Un - 85 g, shakar kukuni - 25 g, yog' - 50 g, tuxum - 0,5 dona, tuz - 1 g
Un, shakar kukuni va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum qo'shing.

Yaxshilab aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga

bo'ling. Ularni mumlangan qog'oz bilan qoplangan quyi taglikka qo'ying.

Tayyorlashni boshlang.

(davomi)

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 23

2013-12-10 �� 1:15:08

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: