Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5013AW-BW

Страница 160

Advertising
background image

O'zbekcha - 28

Quyida keltirilgan jadvalda avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining turli dasturlari,

mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli ko'rsatmalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan

avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak.

Muzlatilgan go'sht, tovuq yoki baliqni yassi shisha yoki sopol idishga, nonni esa – oshxona

qog'oziga joylashtiring.

kod/Taom

Porsiya

hajmi

ko'rsatmalar

1

Go'sht

200-1500 g

Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal

berganida go'shtni aylantiring.

Ushbu dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa go'shti,

bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht, qiymani muzdan tushirish

uchun mo'ljallangan. 20-90 daqiqa kuting.

2

Parranda

go'shti

200-1500 g

Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan yoping.

Pech tovushli signal berganida parranda go'shtini aylantiring. Siz

tovuqni ham butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida muzdan

tushirishingiz mumkin. 20-90 daqiqa kuting.

3

baliq

200-1500 g

Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli

signal berganida baliqni aylantiring. Ushbu dastur baliqni ham

butunligicha, ham baliq filesining bo'laklari ko'rinishida muzdan

tushirish uchun mo'ljallangan. 20-80 daqiqa kuting.

4

Non/Pirog

125-1000 g

Nonni oshxona qog'ozi bo'lagiga joylashtiring va tovushli signal

bo'lishi bilan ag'daring. Pirogni sopol idishga joylashtiring va imkoni

boricha tovushli signal bo'lishi bilan ag'daring. (Pech ishlashda

davom etadi va eshikni ochganingizda ishlashdan to'xtatydi.)

Bu dastur butunligicha yoki bo'laklab pishiriladigan har qanday

turdagi nonlar hamda bulochkalar va bagettilar uchun mosdir.

Bulochkalarni aylana shaklida joylashtiring.

Bu dastur barcha turdagi achitqili pishiriqlar, biskvitlar, tvorogli

pudding, qatlamli xamirdan qilingan mahsulotlar uchun mos keladi.

U yog'li pishiriqlar, mevali tortlar va kremli tortlar hamda shokolad

qiyomli tortlar uchun to'g'ri kelmaydi. 10-60 daqiqa kuting.

5

meva

100-600 g

Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring.

Bu dastur barcha turdagi mevalar uchun mos keladi.

5-20 daqiqa kuting.

avTOmaTIk Tarzda mUzdaN TUshIrIsh

fUNksIyalarIdaN fOydalaNIsh

avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyasi go'sht, parranda go'shti, baliq, non

mahsulotlari, tort va mevani muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va

quvvat darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning

o'zi yetarli.

Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.

Eshikni oching. Tayyorlanayotgan sopol idishdagi muzlatilgan taomni aylanuvchi patnisning

markaziga qo'ying. Eshikchani yoping.

1. Быстрая разморозка (avtomatik tarzda muzdan

tushirish) tugmasini bosing.

2. yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib tayyorlanayotgan

taom turini tanlang. Avvaldan dasturlashtirilgan turli qizdirish

rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan.

Shu vaqtda taom turini tanlash uchun Выбор (Tanlash)

tugmasini bosing.

3. yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosgan holda dasturxonga

tortish hajmini tanlang.

4. СТАРТ (start) tugmasini bosing.

Natija:

• Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.

• Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tganda,

pech mahsulotlarni ag'darish kerakligini

eslatgan holda tovushli signallar beradi.

5. Muzdan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana СТАРТ

(start) tugmasini bosing.
Natija:

Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech

tovushli signal beradi va "End" 4 marta

miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta

tovushli signal beradi.

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 28

2013-12-10 �� 1:15:09

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: