Инструкция по эксплуатации Samsung MC28H5013AW-BW

Страница 156

Advertising
background image

O'zbekcha - 24

kod/Taom

masalliqlar / ko'rsatmalar

4-10

klyukvali

ichimlik

Muzlatilgan klyukva - 50 g, shakar - 35 g, suv - 200 ml
Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni katta

jomga soling. Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o'tkazing.

4-11

Limon sharbati

Un - 1,5 piyola, sariyog' - 60 g, shakar - 0,5 piyola, tuxum - 1 dona

Masalliq uchun: Quyultirilgan sut - 400 ml, tuxum sarig'i - 2 dona, limon sharbati

- 0,5 piyola
Sariyog'ni shakar bilan eriting va sovuting, keyin tuxum qo'shing.

Elangan un qo'shing va xamir qoring. Xamirga quyi bamperlarga ega bo'lgan

silikon shaklini bering. Quyultirilgan sutni tuxum sarig'i va limon sharbati bilan

aralashtiring. Uni xamiri ustiga bir tekis taqsimlang va pechga joylashtiring, va

tayyorlang.

4-12

Shokoladli

profitrollar

Un - 1 piyola, sariyog' - 125 g, suv - 1 piyola, tuxum - 4 dona, qora shokolad -

100 g, ko'pchitilgan krem
Idishda sariyog'ni suv bilan aralashtiring va 600 Vt quvvat bilan 3 daqiqa

tayyorlang. Sovuting, un qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tuxumlarni

birma-bir qo'shing, har safar yaxshilab aralashtiring. Qandolatchilik qopchasiga

joylashtiring va aylana shaklini bering, pishirish varaqasiga qo'ying va keyin

tayyorlang. Profitrollarni kesing va simli taglikda sovuting. Ko'pchitilgan krem

bilan to'ldiring. Profitrollarni issiq shokolad bilan dasturxonga torting.

4-13

Olma pirogi

Un - 2,5 piyola, maydalangan shakar - 0,3 piyola, sovutilgan sariyog' - 185 g,

oqsil 1, shakar - 1 osh qoshiq

Masalliq uchun: Katta olmalar - 4 dona, shakar - 4 osh qoshiq + 2 osh qoshiq
Unni shakar bilan birgalikda stol ustida elakdan o'tkazing. Sariyog'ni kichkina

kubchalarga kesing va unga belang. 1-2 osh qoshiq suv qo'shing va yumshoq

elastik xamir qoring. Uni folga bilan o'rang va 1 soat muzlatgichga qo'ying.

Olmalarni po'stini artgan holda semiz bo'laklarga kesing. 2/3 xamirga diametri

22 sm bo'lgan doira shakli bering. Ularga bamper shaklini bergan holda diametri

18 sm bo'lgan idish bilan yoping. Xamirga 3 ta olmani joylashtiring. Shakar

seping. Qolgan xamirga aylana shaklini bering. Pishiriq qirralarini oqsil bilan

yog'lang, ikkinchi bo'lak va qirra burmalari bilan yoping. Qolgan shakarni seping.

Tayyorlang.

kod/Taom

masalliqlar / ko'rsatmalar

4-14

yong'oqli pirog

Un - 1,5 piyola, kukunli shakar - 1 osh qoshiq, sariyog' - 125 g, limon sharbati

- 1 osh qoshiq

Masalliq uchun: Maydalangan yong'oq - 250 g, shakar - 0,75 piyola, un - 2 osh

qoshiq, asal - 1 piyola, sariyog' - 30 g, tuxum - 3 dona
Unni shakar bilan birgalikda stol ustida elakdan o'tkazing. Sariyog'ni kichkina

kubchalarga kesing va unga belang. Limon sharbati va 1 osh qoshiq suv

qo'shing. Xamir qoring. Uni folga bilan o'rang va 1 soat muzlatgichga qo'ying.

Masalliqlarni tayyorlang. Blenderdan o'tkazing va asal, shakar, un va tuxumdan

bir jinsli massa yasang. Xamirga shakl bering, muntazam ravishda masalliq

bilan to'ldiring, yong'oqlar bilan bezang, tayyorlangan aralashmani qo'shing va

pechga joylashtiring, keyin tayyorlang.

4-15

Qulupnayli rulet

Un - 2 piyola, bir chimdim tuz, sut - 125 ml, sariyog' - 25 g, o'simlik yog'i -

0,5 osh qoshiq, tuxum - 2 dona, shakar - 2 osh qoshiq, quruq achitqi - 7 g, bir

chimdim vanilin

Masalliq uchun: Qulupnay - 700 g, shakar - 0,5 piyola, don kraxmali - 2 osh

qoshiq
Katta idishda achitqini iliq suvda eriting, shakar, elangan unning yarmi va tuz

qo'shing. Aralashtiring va 1 soat tindiring. Qolgan un, 1 ta tuxum, sariyog'

va o'simlik yog'i qo'shing. Xamir qoring va iliq joyda 1,5 soat tindiring. Xamir

tingandan keyin. Qulupnaylarni kichkina bo'laklarga kesing va shakar hamda

oqsil bilan aralashtiring. Yana xamir qoring va un sepilgan yuzada yupqa qilib

yoying. Masalliqlarni xamir ustiga ozgina joy (taxminan 2 sm) qoldirgan holda

joylashtiring. Plastik ruletlarni qisqartiring, chetlarini qayiring. Qolgan tuxum bilan

yengil yog'lang. Pechga joylashtiring va keyin tayyorlang.

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 24

2013-12-10 �� 1:15:08

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: