Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 143

Advertising
background image

35

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat zarrachalari to’planishining oldini olish

uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.

• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich yopilishini

nazorat qiling.

Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi mumkin,

bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli holatlarning

vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang.

Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.

2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli suvda

ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun limon

sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying va o’n daqiqa

davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga YO’L QO’YMANG. HECH QACHON

abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik

zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:
• ularda to’planib qolmasligiga;
• va eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor qarating.
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish vositasi

eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini olish uchun

avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

Oshxona plitalari, qaynatish yuzalari va pechlardan foydalanish bo'yicha

ko'rsatmalarda bug' bilan tozalashdan foydalanish mumkin emasligi ko'rsatilishi

kerak.

MIKROTO’LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA’MIRLASH

Mikroto’lqinli pechni o’rnatishda va unga xizmat ko’rsatishda bir nechta

oddiy ehtiyot choralari ko’rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo’lsa, uni

ishlatish mumkin emas.

• Halqalari singan bo’lsa
• Zichlagich yemirilgan bo’lsa
• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo’lsa

Pechni ta’mirlash ishlari faqat mikroto’lqinli pechlar bo’yicha malakali

mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

Pechning tashqi qoplamasini YECHIB OLMANG. Agar pech

nosoz bo’lsa va uni ta’mirlash talab qilinsa, yoki sizni uning holati

shubhalantirsa, quyidagi harakatlarni bajaring.
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo’ying

• Yaqinda joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo’ymoqchi bo’lsangiz,

unda quruq va changsiz joyni tanlang.

• Sabab. Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta’sir

ko’rsatishi mumkin.

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 35

2013-11-27 �� 9:25:59

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: