Idish tanlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 132

Advertising
background image

24

O'ZBEKCHA

IDISH TANLASH BO’YICHA QO’LLANMA

Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va

foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni

tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi ko’rsatib

qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va

ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko’rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan

himoya qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi

mumkin. Agar folga pech devoriga juda

yaqin joylashgan bo’lsa yoki folga juda ko’p

miqdorda ishlatilayotgan bo’lsa, elektr yoyi

hosil bo’lishi mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan sakkiz daqiqadan ko’p qizdirmang.

Chinni va sopol buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan

keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall

bezak bo’lmasa, mos keladi.

Bir martalik poliester

kartondan qilingan idishlar

Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana

shunday idishlarga solinib o’raladi.

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o’rami
• Polistirol stakanchalar va

konteynerlar

Taomni isitish uchun ishlatish mumkin.

Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi

mumkin.

• Qog’oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketishi mumkin.

• Ikkilamchi xomashyodan

tayyorlangan qog’oz yoki

metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Tayyorlash uchun idish

Metall bezagi bo’lmasa, ishlatish mumkin.

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun

foydalanish mumkin. Yupqa shisha keskin

qizgan paytda sinishi yoki yorilishi mumkin.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

• Shisha bankalar

Qopqog’ini olib qo’yish kerak. Faqat isitish

uchun yaroqli.

Metall
• Idishlar

Elektr yoyi yoki alangalanishni keltirib

chiqarishi mumkin.

• Paketlarni bog’lash uchun

buralgan simlar

Qog'oz
• Tarelkalar, stakanchalar,

salfetkalar va oshxona

qog’ozi

Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun.

Ortiqcha namlikni yutish uchun.

• Qayta ishlangan qog'oz

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik
• Konteynerlar

Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli

termoplastik bo’lsa. Boshqa ayrim plastiklar

yuqori harorat ta’sirida qiyshayib qolishi,

rangini yo’qotishi mumkin. Melaminli

plastikdan foydalanmang.

• Yopishqoq plyonka

Namlikni ushlab turish uchun qo’llanishi

mumkin. Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani

olayotganda ehtiyot bo’ling, chunki

tashqariga issiq bug’ chiqadi.

• Muzlatish uchun paketlar

✓ ✗

Ularni qaynatish mumkin bo’lsa yoki ular

pechda ishlatish uchun yaroqli bo’lsa.

Germetik yopilgan bo’lmasligi kerak. Zarurat

tug’ilganida, ularni vilka bilan teshing.

Parafinlangan yoki yog’

o’tkazmaydigan qog’oz

Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini

olish uchun ishlatilishi mumkin.

: Tavsiya qilinadi

✓✗

: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning

: Xavfli

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 24

2013-11-27 �� 9:25:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: