Avtomatik isitish rejimini sozlash – Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 123

Advertising
background image

15

O'ZBEKCHA

AVTOMATIK ISITISH REJIMINI SOZLASH

Ushbu jadvalda taomni avtomatik isitish, tayyorlashning turli dasturlari,

ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan. 1 va 2 dasturlar

"mikroto’lqin" rejimida ishlaydi.

3 va 4 dasturlar "Mikroto’lqin+Konveksiya" birgalikdagi rejimda ishlaydi.

Kod Taom

Porsiya

miqdori

Ushlab

turish

vaqti

Tavsiyalar

1.

Tayyor taom

(muzlatgichdan)

300-350 g

400-450 g

500-550 g

3 daq. Taomni sopol tarelkaga joylashtiring

va ustini mikroto'lqinli pech

uchun mo'ljallangan plyonka bilan

yoping. Ushbu dastur tarkibi 3 ta

komponentdan iborat taomlar uchun

tavsiya etiladi (masalan, qaylali go’sht;

kartoshka, guruch yoki makarondan

iborat garnirli sabzavotlar).

2.

Sho’rva/Sous

(muzlatgichdan)

200-250 ml

300-350 ml

400-450 ml

500-550 ml

600-650 ml

700-750 ml

2-3 daq. Sho’rva/sousni ichi chuqur tarelka

yoki kosaga quying va isitish vaqtida

qopqoq bilan yoping.
Pech tovushli signal berganidan

keyin sho’rva/sousni aralashtiring

(pech ishlashda davom etadi, keyin

eshikcha ochilganda to’xtaydi).

Tindirgan va kutib turgandan keyin

yaxshilab aralashtiring.

3.

Muzlatilgan

pitstsa

300-400 g

450-550 g

600-700 g

-

Bitta muzlatilgan pitstsani (-18

°C) pastki polkaga qo’ying, agar

ikkita pitstsa isitilsa, bittasini pastki

polkaga, ikkinchisini – yuqori polkaja

joylashtiring.

4.

Muzlatilgan

non

100-150 g

(2 dona)

200-250 g

(4 dona)

300-350 g

(6 dona)

400-450 g

(8 dona)

3-5 daq. 2-6 ta muzlatilgan bulochkalarni

(- 18 °C) pastki taglik chambaragiga

qo'ying. 8 ta muzlatilgan bulochkalarni

yuqori va pastki tagliklarga teng

miqdorda yoying. Bu dastur chiabatta

va kichik fransuz batonlari kabi kichik

o’lchamlardagi muzlatilgan pishiriqlar

uchun mosdir.

TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN

TUSHIRISH REJIMIDAN FOYDALANISH

Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimi go’sht, parranda go’shti, baliq, non,

pishiriq va mevalarni muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat

darajasi avtomatik ravishda o’rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og’irligini tanlashning o’zi yetarli.

Faqat mikroto’lqinli pechda qo’llash uchun xavfsiz bo’lgan idishlardan foydalaning.

Eshikchani oching. Avval muzlatilgan mahsulotlarni aylanuvchi patnis

o’rtasiga joylashtiring. Eshikchani yoping.
1. Быстрая разморозка (Tezlashtirilgan muzdan

tushirish) tugmachasini bosing.

2. Быстрая разморозка (Tezlashtirilgan muzdan

tushirish) tugmachasini bosgan holda muzdan

tushirish kerak bo’lgan mahsulot turini tanlang. Avvaldan

dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi

sahifadagi jadvalda keltirilgan.

3. Doiraviy shkala dastasini buragan holda mahsulotlar

og'irligini bering.

4. СТАРТ/+30сек (START/+30son) ( ) tugmachasini bosing.

Natija:

• Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.

• Muzdan tushirish vaqtida pech mahsulotlarni

ag’darish kerakligini eslatgan holda tovushli

signallar beradi.

5. Muzdan tushirishni yakunlash uchun yana СТАРТ/+30сек

(START/+30son) ( ) tugmachasini bosing.

Natija:

Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech to’rt

marta tovushli signal beradi va to’rt marta "0"

raqami miltillaydi. Keyin pech har daqiqada signal beradi.

Mahsulotlarni qo’l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning uchun quvvat

darajasi 180 Vt bo’lgan "Mikroto’lqinlar" funksiyasini tanlang. Batafsil ma’lumotlar olish

uchun quyidagi sahifadagi "Mahsulotlarni muzdan tushirish" bo’limiga qarang: 30.

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 15

2013-11-27 �� 9:25:54

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: