Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 139

Advertising
background image

31

O'ZBEKCHA

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementi pech ichki kamerasining shipi ostida

joylashgan. Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa

aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq

qizartirilishini ta’minlaydi. Agar gril avvaldan 4 daqiqa qizdirib olinsa,

tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oshxona anjomlari:

Tarkibida metall mavjud bo’lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish

mumkin. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan taomlar:

Ezilgan go’shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo’laklari

va son go’shtlari, baliqning yupqa bo’laklari, sendvichlar va tostlardagi

gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh:

Agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan bo'lsa, faqat gril yordamida

tayyorlash rejimidan foydalanishda, mahsulotlarni yuqori polkaga

joylashtirish kerakligini yodda tuting.

MIKROTTO'LQIN+GRIL

Bu rejim o’zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto’lqinlar bilan

ta’minlanuvchi tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi

yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi

tufayli tayyorlanayotgan taom bir tekis qizartiriladi. Pechning bu modelida

tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:

600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
"СВЧ + Гриль" (Mikroto'lqin + Gril) rejimi uchun oshxona anjomlari:

Mikroto’lqinlarni o’tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona

anjomi issiqqa chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall

mavjud bo’lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan

foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
"СВЧ + Гриль" (Mikroto'lqin + Gril) rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan

taomlar:

Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo’lgan taomlarga isitish va qizartirish

kerak bo’lgan (masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini

qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi.

Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa,

mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash

vaqtining yarmi o’tishi bilan ag’dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash

uchun ham foydalanish mumkin. Ko’proq ma’lumotlar olish uchun grildan

foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:

Birgalikdagi (Mikroto'lqin + Gril) rejimidan foydalanganda, ko’rsatmalarda

boshqacha ko’rsatilmagan bo'lsa, taomni yuqori taglikka joylashtirish kerak.

Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.

Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib

qo'yish kerak.

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 31

2013-11-27 �� 9:25:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: