Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 128

Advertising
background image

20

O'ZBEKCHA

KONVEKSIYA REJIMIDA TAYYORLASH

Konveksiya rejimida taomni oddiy isitgichdagi kabi tayyorlash mumkin.

Bunda mikroto’lqin rejimidan foydalanilmaydi. Avvaldan berilgan sakkizta

darajalardan foydalangan holda 40 °C dan 220 °C gacha bo’lgan

diapazondagi talab qilingan haroratni o’rnatish mumkin. Tayyorlashning

maksimal vaqti 60 daqiqaga teng.

Tezkor qizdirish bo’yicha ko’rsatmalar olish uchun quyidagi sahifaga

qarang: 19.

Pechdagi idishlarni ushlash uchun doimo maxsus qo’lqoplardan

foydalaning, chunki ular qattiq qizdiriladi.

Agar pastki taglikdan foydalansangiz, qizargan po’stga ega bo’lgan

holda eng yaxshi tayyorlangan taomni olasiz.

Qizdiruvchi elementning gorizontal holatda, aylanuvchi patnisning esa to’g’ri

o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Eshikchani oching va idishni aylanuvchi

patnisga o’rnatilishi kerak bo’lgan pastki taglikka qo’ying.
1. Конвекция (Konveksiya) tugmachasini bosing.

Natija:

displeyda quyidagi ma’lumot namoyish

qilinadi:

(konveksiya rejimi)

220 °C

(harorat)

2. Kerakli haroratni berish uchun Конвекция

(Konveksiya) tugmachasini bir yoki bir necha marta

bosing.

(Harorat: 220, 200, 180, 160, 140, 100, 40 °C)

3. Doiraviy shkala dastasini burab, tayyorlash vaqtini

o’rnating.

4. СТАРТ/+30сек (START/+30son) ( ) tugmachasini

bosing.

Natija:

Taom tayyorlash boshlanadi.

Displeyda dasturlashtiriladigan

tayyorlash vaqti — 8 s va berilgan

harorat qiymati — 2 s ketma-ket

namoyish qilinadi.

Masalan: 200 °C da 30 daqiqa tayyorlash vaqti o'rnatilgan.

(8 s namoyish qilinadi)

(2 s namoyish qilinadi)

Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech to’rt marta

tovushli signal beradi va to’rt marta "0" raqami miltillaydi.

Keyin pech har daqiqada signal beradi.

Pech bo’shlig’i ichidagi haroratni bilish kerak bo’lsa,

Быстрый подогрев (Tezkor qizdirish) tugmachasini bosing.

QO’SHIMCHA ANJOMLARNI TANLASH

Konveksiyadan foydalangan holda tayyorlashda (oddiy

isitish shkafidagi kabi) maxsus idishlar talab qilinadi.

Biroq siz faqat oddiy isitish shkafi bilan foydalangan

idishlardangina foydalanishingiz kerak.
Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo’lgan

anjomlardan odatda konveksiya rejimidan foydalanib

bo’lmaydi; plastmassa sig’imlar, tarelkalar, qog’oz

kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birgalikda tayyorlash rejimini (gril yoki konveksiya

va mikroto’lqinlar) tanlamoqchi bo’lsangiz, faqat

mikroto’lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham

foydalanish mumkin bo’lgan anjomlardan foydalaning.

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan idishlar

to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi sahifadagi

"Idishlarni tanlash bo’yicha qo’llanma" bo’limiga qarang: 24.

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 20

2013-11-27 �� 9:25:56

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: