Инструкция по эксплуатации Samsung CE107MTSTR

Страница 117

Advertising
background image

9

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI O’RNATISH

Pechni poldan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o’rnating.

Yuza pechning og’irligini xavfsiz darajada ko’tarish uchun yetarlicha

mustahkam bo’lishi kerak.
1. Pechni o’rnatish chog’ida ventilyatsiya normal bo’lishi

uchun pech va boshqa predmetlar orasidagi masofa

pechning orqa va yon devorlari uchun kamida 10

sm, pechning ustki qopqog’i uchun – 20 sm bo’lishi

kerak.

2. Pechning ichidagi barcha o’rama materiallarni

chiqarib oling.

Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o’rnating.

Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

3. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo’lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab

chiqaruvchi firmadan yoki uning xizmat ko’rsatish bo’yicha vakolatli

agentidan xarid qilinishi mumkin bo’lgan elektr tarmog’iga ulanish

to’plamiga almashtirish zarur.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr kabeli vilkasini 230 V, 50 Gts

bo’lgan o’zgaruvchan tok tarmog’ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli

rozetkasiga ulang. Agar elektr tarmog'iga ulash kabeli shikastlangan

bo'lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish zarur.

Mikroto’lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona

plitasi yoki isitish radiatori yoniga o’rnatmang. Pech iste’mol qiladigan

quvvatni inobatga olish zarur, har qanday uzaytirgich pech bilan birga

yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi

kerak. Mikroto’lqinli pechni ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va

eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto’lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan.

Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning ":0", "88:88" yoki "12:00"

qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi. Joriy vaqtni o’rnating. Soat

vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. Soatni

quyidagi holatlarda o’rnatish kerak bo’ladi.

• Mikroto’lqinli pechni ilk marta o’rnatayotganda
• O’zgaruvchan elektr toki tarmog’ida uzilishlar bo’lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o’tgan paytda va, aksincha bo’lganida,

soatni to’g’rilashni unutmang.

1. Vaqtni o'rnatish uchun

24 soatli formatda

12 soatli formatda

Часы (Soat) ( ) tugmachasini bir yoki ikki marta

bosing.

2. Soat qiymatini o’rnatish uchun doiraviy shkala

dastasini burang.

3. tugmachasini bosing.

4. Daqiqa qiymatini o’rnatish uchun doiraviy shkala

dastasini burang.

5. Displeyda to’g’ri vaqt namoyish qilinganda soatning

ishlay boshlashi uchun tugmachasini bosing.

Natija:

Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda

joriy vaqt ko’rsatiladi.

Orqadan

10 sm

Yuqoridan

20 sm

Yon tomondan

10 sm

Poldan

85 sm

CE107MSTR_CE107MTR-B_BWT_DE68-04087A-03_UZ.indd 9

2013-11-27 �� 9:25:52

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: