Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 124

Advertising
background image

28

O'ZBEKCHA

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementi pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. U eshikcha

berk bo'lganda, patnis aylanayotganda ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq

qizartirilishini ta’minlaydi. Agar gril avvaldan 3-4 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan

taom tezroq qizaradi.

Gril rejimi uchun oshxona anjomlari:

Tarkibida metall mavjud bo’lgan issiqqa chidamli

idishdan foydalanish mumkin. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.

Gril rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan taomlar:

Ezilgan go’shtlar, sardelkalar,

bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo’laklari va son go’shtlari, baliqning yupqa bo’laklari,

sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.

Muhim izoh:

Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa

devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda

turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan bo'lsa,

mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting.

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o’zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto’lqinlar bilan ta’minlanuvchi tayyorlash

tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina

ishlaydi. Patnisning aylanishi tufayli tayyorlanayotgan taom bir tekis qizartiriladi. Pechning
bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:

600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril

va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + Gril rejimi uchun oshxona anjomlari:

Mikroto’lqinlarni o’tkazuvchi

oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi kerak.

Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo’lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang.

Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.

Mikroto'qlin + Gril rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan taomlar:

Birlashgan

rejimda tayyorlash mumkin bo’lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo’lgan

(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina

tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida

tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan,

tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o’tishi bilan ag’dariladi) qalin porsiyalarini

tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko’proq ma’lumotlar olish uchun grildan

foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.

Muhim izoh:

Bigalikdagi (Mikroto'lqin + Gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi

elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal

holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan

bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita

aylanuvchi patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko’rsatmalarga qarang. Agar

mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.

Muzlatilgan mahsulotlarni tayyorlash uchun grildan foydalanish bo'yicha qo'llanma
Jadvalda ko’rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan

foydalanib tayyorlash uchun qo’llanma sifatida foydalaning.

Yangi

mahsulotlar

Porsiya

miqdori

Quvvat

1 tomon uchun

sarf. vaqt (daq.)

2 tomon uchun

sarf. vaqt (daq.)

Bulochka

(har biri taxminan

50 g)

2 dona

-

300 Vt + Gril (1-1½)

Faqat gril (1-2)

4 dona

-

300 Vt + Gril (2-2½)

Faqat gril (1-2)

Ko’rsatmalar
Bulochkalarni quyi polkaga ustiga aylana shaklida joylashtiring. Bulochkalarni

ikkinchi tomoni bilan grilda kerakli qarsildoqlar hosil bo'lmagunicha tayyorlang.

2-5 daqiqa kuting.

Bagetlar +

masalliq

(tomat, pishloq,

vetchina,

qo'ziqorin)

250-300 g

(2 dona)

450 Vт + Gril

8-9

-

Ko’rsatmalar
2 ta muzlatilgan bagetni polkaga yonma-yon qo'ying. Tayyorlashdan keyin 2-3

daqiqa kuting.

Gratin taomi

(sabzavotli yoki

kartoshkali)

400 g

450 Vт + Gril

13-14

-

Ko’rsatmalar
Muzlatilgan taomni pireks shishasidan yasalgan aylana shaklidagi miskaga

soling. Tarelkani polkaga joylashtiring. Tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa kuting.

Makaron

mahsulotlari

(kannelloni,

mayda makaron,

lazanya)

400 g

-

600 Vt + Gril (14-15)

Faqat gril (2-3)

Ko’rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini pireks shishasidan yasalgan tekis

to'rtburchak shaklidagi idishga soling. Tarelkani aylanuvchi patnisga qo'ying.
Tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa kuting.

Pishirilgan

bug'latilgan

tovuq filesi

bo'laklari

250 g

450 Vт + Gril

5-5½

3-3½

Ko’rsatmalar
Tovuq bo'laklarini quyi polkaga qo'ying. Birinchi sikldan keyin ag'daring.

Pechda

tayyorlangan

chipslar

250 g

450 Vт + Gril

9-11

4-5

Ko’rsatmalar
Chipslarni to'g'ridan-to'g'ri pishiriqlar uchun qog'ozda pastki polkaga qo'ying.

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 28

2013-11-28 �� 6:39:07

Advertising