Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 123

Advertising
background image

27

O'ZBEKCHA

QO'LDA MUZDAN TUSHIRISH

Mikroto’lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli

hisoblanadi. Mikroto’lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan

tushiradi. Bu siznikiga mehmonlar kelgan vaqtda, ayniqsa juda foydali bo’lishi mumkin.

Muzlatilgan tovuq go’shti taom tayyorlashdan avval to’liq muzdan tushirilishi kerak.

Qadoqdan metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo’luvchi suvning oqib

ketishini ta’minlash uchun muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.

Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish

vaqtining yarmi o’tgandan keyin ularni ag’daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo’lgan

bo’lsa, to’king va imkoni boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang.

Ularning iliq bo’lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan

tekshirib turing. Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu

qismlarni muzdan tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o’ragan holda ularni

to’sib qo’yish mumkin.

Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to’xtating va

muzdan tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting. Muzdan tushirishni to'liq

nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq qoldiring. To’liq

muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga

bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.

Maslahat:

Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam

miqdordagi mahsulotlar ko’plariga qaraganda tezroq muzdan tushadi.

Ushbu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda

yodda tuting.

Harorati -18 dan -20°C gacha bo’lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda

quyidagi jadvalga amal qiling.
Har qanday muzlatilgan mahsulotni muzdan tushirish uchun ko'zda tutilgan quvvatda

(180 Vt) muzdan tushirish kerak.

Taom

Porsiya miqdori

Vaqt (daq.)

Ushlab turish vaqti (daq.)

Go'sht
Mol go'shti qiymasi

250 g

6½-7½

5-25

500 g

10-12

5-25

Cho’chqa go’shtidan

tayyorlangan

bifshtekslar

250 g

7½-8½

5-25

Ko’rsatmalar
Go’shtni tekis sopol idishga soling. Ingichka qirralarini alyumin folga bilan o’rang.

Muzdan tushirish vaqtining yarmi o’tishi bilan ag’daring!

Taom

Porsiya miqdori

Vaqt (daq.)

Ushlab turish vaqti (daq.)

Parranda go'shti
Tovuq bo’laklari

500 g (2 dona)

14½-15½

15-40

Butun tovuq

900 g

28-30

Ko’rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po’stini pastga, butun tovuqni ko'kragini esa pastga

qilgan holda tekis sopol idishga soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik

joylarini alyumin folga bilan o’rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o’tishi bilan

ag’daring!

Baliq
Baliq filesi

250 g (2 dona)

6-7

5-15

400 g (4 dona)

12-13

Ko’rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o’rtasiga qo’ying.
Ingichka bo’laklarini semizlari tagiga joylashtiring.
Oyoqchalarni alyumin folga bilan o’rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o’tishi

bilan ag’daring!

Mevalar
Reza mevalar

250 g

6-7

5-10

Ko’rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diamtrga ega bo’lgan) idishga yupqa

qatlam qilib yoying.

Non
Bulochka

(har birining og'irligi

chamasi 50 g)

2 dona

½-1

5-20

4 dona

2-2½

5-20

Tostlar/Sendvichlar

250 g

4½-5

5-20

Nemischa non

(bug’doy+javdar uni)

500 g

8-10

Ko’rsatmalar
Aylanuvchi patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga

bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan tushirish

vaqtining yarmi o’tishi bilan ag’daring!

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 27

2013-11-28 �� 6:39:07

Advertising