Tovushli signalni o’chirib qo’yish, Idish tanlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 118

Advertising
background image

22

O'ZBEKCHA

TOVUSHLI SIGNALNI O’CHIRIB QO’YISH

Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o’chirib qo’yishingiz mumkin.
1. СТОП (STOP) (

) va СТАРТ (START) (

)

tugmachalarini bir vaqtda bosing.

Natija:

Pech bundan buyon har safar tugmachalar

bosilganda tovushli signal bermaydi.

2. Tovushli signalni yana yoqib qo’yish uchun

СТОП (STOP) (

) va СТАРТ (START) (

)

tugmachalarini bir vaqtda bosing.

Natija:

Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.

MIKROTO’LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA

BLOKIROVKA QILISH

Ushbu mikroto’lqinli pechda ichki o’rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud,

u bola yoki pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni

yoqib qo’ymasligi uchun pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon

beradi. Pechni istalgan vaqtda "berkitish" mumkin.
1. СТОП (STOP) (

) va Часы (Soat) tugmachalarini

bir vaqtda bosing.

Natija:

Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni

tanlab bo'lmaydi).

2. Pechdan blokirovkani olib tashlash uchun

СТОП (STOP) (

) va Часы (Soat) tugmachalarini

bir vaqtda bosing.

Natija:

Pechdan odatdagidek foydalanish

mumkin.

IDISH TANLASH BO’YICHA QO’LLANMA

Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va

foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni

tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi ko’rsatib

qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va

ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko’rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan himoya

qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar

folga pech devoriga juda yaqin joylashgan bo’lsa

yoki folga juda ko’p miqdorda ishlatilayotgan bo’lsa,

elektr yoyi hosil bo’lishi mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan sakkiz daqiqadan ko’p qizdirmang.

Chinni va sopol buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan

keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak

bo’lmasa, mos keladi.

Bir martalik poliester

kartondan qilingan

idishlar

Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday

idishlarga solinib o’raladi.

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o’rami
• Polistirol stakanchalar va

konteynerlar

Taomni isitish uchun ishlatilishi mumkin. Polistirolning

qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.

• Qog’oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketishi mumkin.

• Ikkilamchi xomashyodan

tayyorlangan qog’oz

yoki metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Keyinchalik dasturxonga

tortgani isitish uchun

mo'ljallangan idish

Metall bezagi bo’lmasa, ishlatish mumkin.

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 22

2013-11-28 �� 6:39:07

Advertising