Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 114

Advertising
background image

18

O'ZBEKCHA

Kod

Taom

Porsiya

miqdori

Masalliqlar

3

Qovurilgan

pishloq

125 g

(5 dona)

Pishloq - 125 g (25 grammdan 4-5 dona), tuxum - ½ dona, bulash

uchun suxari uni - 3-5 g

< Tavsiyalar >

Pishloqni 5sm x 5sm o’lchamlardagi kvadrat shaklidagi bo’laklarga kesing. Ularni tuxum

sarig’iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib

oling. Pishloqni pergament qog’ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka joylashtiring.

Tayyorlashni boshlang.

4

Tovuqdan

tayyorlangan

kabob

280 g

Tovuq okorochkalari go’shti – 380 g, tomat pastasi – 20 g, tuz - 5

g, mayda to’rg’algan sarimsoqpiyoz – 3 g, yog’ – 7 g, oddiy yogurt

– 70 g, sixlar

< Tavsiyalar >

Go’shtni 3 sm x 3 sm o’lchamlardagi kubiklar shaklida to’rg’ang. Marinad uchun barcha

masalliqlarni aralashtiring. Marinadni tovuq go’shti bilan aralashtiring. Keyin go’shtlarni sixlarga

joylashtiring. Ularni tarelkaga soling va keyin gril uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

5

Boyarcha

go’sht

260 g

Cho’chqa bo’yni – 280 g (4 ta bo’lakka bo'ling), tuz – 2 g,

yanchilgan qora murch – ½ g, shampinon bo'lakchalari - 45 g,

mayonez – 55 g

< Tavsiyalar >

Go’shtga ziravorlarni qo’shing. Go'shtni tarelkaga qo’ying. Tarelkani gril uchun taglikka qo’ying.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida go’shtni shampinonlarga joylashtiring va

tepasidan mayonez qo’ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

6

Lososli

kulebyaka

180 g

Muzlatilgan qatlamlangan xamir – 130 g

Masalliq: Mayda kubikchalarga to’rg’algan losos biqin go’shti – 100

g, tuz – 1 g, tovada qovurilgan to’rg’algan piyoz kubikchalari – 20 g,

qotirib qaynatilgan mayda qilib kesilgan tuxum – 30 g, tuxum sarig’i

– 1 dona yog’lash uchun

< Tavsiyalar >

Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun barcha mahsulotlarni

aralashtiring. Masalliqni pech markaziga joylashtiring. Xamir qirralarini yopishtiring. Unga shakl

bering. Bir necha kesmalar qiling. Tuxum sarig’i bilan yog’lang. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib

oling. Shakl berilgan xamirni pergament qog’ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida pergament qog’ozni olib

tashlang. Pishiriqni ag’daring. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

Kod

Taom

Porsiya

miqdori

Masalliqlar

7

Losos

kabobi

280 g

Muzlatilgan qatlamlangan xamir – 130 g

Masalliq: Mayda kubikchalarga to’rg’algan losos biqin go’shti – 100

g, tuz – 1 g, tovada qovurilgan to’rg’algan piyoz kubikchalari – 20 g,

qotirib qaynatilgan mayda qilib kesilgan tuxum – 30 g, tuxum sarig’i

– 1 dona yog’lash uchun

< Tavsiyalar >

Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliqqa qo’shing. 15-20 daqiqa marinadlang. Keyin sixlarga

o’tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin gril uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

8

Sabzavotlar

bilan

pishirilgan

forel

210-240 g Sariyog’ – 5 g, to’rg’algan sabzi – 35 g, to’rg’algan piyoz – 25 g,

mayda kesilgan sarimsoqpiyoz – 3 g, maydalangan selderey barglari

– 5 g, forel – 1 dona (220-250 g), tuz – 1 g, yanchilgan oq qalampir

– 0,5 g, sariyog' - 5 g

< Tavsiyalar >

Pergament qog’oz o’rtasini sariyog’ bilan yog’lang. Qog’ozga sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz va

seldereyni qo’ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo’shilgan forelni qo’ying. Baliqning tepa qismini

sariyog’ bilan yog’lang. Qog’oz bilan yoping. Jomni mikroto’lqinli pechga joylashtiring va

tayyorlashni boshlang.

9

Pechenye

160 g

(2x80 g)

Un – 85 g, shakar kukuni – 25 g, yog’ – 50 g, tuxum – ½ dona,

tuz – 1 g

< Tavsiyalar >

Un, shakar kukuni va sariyog’ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum qo’shing. Yaxshilab

aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga bo’ling. Ularni pergament qog’oz

bilan qoplangan gril uchun taglikka qo’ying. Tayyorlashni boshlang.

10

Klyukvali

mors

200 ml

Muzlatilgan klyukva – 50 g, shakar – 35 g, suv – 200 ml

< Tavsiyalar >

Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni katta jomga soling.

Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o’tkazing.

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 18

2013-11-28 �� 6:39:05

Advertising