Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 116

Advertising
background image

20

O'ZBEKCHA

QO’SHIMCHA ANJOMLARNI TANLASH

Faqat mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan anjomlardan foydalaning,

plastmassa sig’imlar, tarelkalar, qog’oz kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang. Agar

birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto’lqinlar) tanlamoqchi bo’lsangiz, faqat mikroto’lqinli

pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo’lgan anjomlardan foydalaning.

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan idishlar

to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi sahifadagi

"Idishlarni tanlash bo’yicha qo’llanma" bo’limiga qarang: 22-23.

GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto’lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi. Ushbu

rejimda tayyorlashning qulay bo’lishi uchun pech majmuasiga metall panjara ham kiradi.
1. Гриль (Gril) tugmachasini bosgan, 10МИН (10daq), 1МИН

(1daq) va 10СЕК (10son) vaqtni tanlagan va СТАРТ (START)

tugmachasini bosgan holda grilni avvaldan talab qilingan

haroratgacha qizdirib oling.

2. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo’ying.

3. Taomni pech panjarasiga joylashtiring. Гриль (Gril) tugmasini

bosing. 10МИН (10daq), 1МИН (1daq) va 10СЕК (10son)

tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini bering. (Gril

rejimida tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa).

4. СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

Pechkada chiroq yonadi va patnis aylana

boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash

jarayoni yakunlanganida, pech to’rt marta tovushli signal beradi.

2) Taom tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal

3 marta (bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Tayyorlash jarayonida qizdirish elementi o’chsa va yana yonsa, xavotir olmang. Ushbu tizimning

tuzilishi ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.
Pechdagi oshxona anjomlariga tegayotganda DOIMO qalin qo’lqoplardan foydalaning, chunki

ular juda issiq bo’ladi.

MIKROTO’LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA

FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto’lqinlar

va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto’lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish uchun xavfsiz

bo’lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop

hisoblanadi, chunki ular mikroto’lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki

ular juda issiq bo’ladi.

1. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta tugmachani

bosgan holda pech eshikchasini oching. Taomni panjaraga,

panjarani esa aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

2. Комбинированный (MIKROTO'LQIN+GRIL) tugmachasini

bosing.

Natija:

displeyda quyidagi ma’lumotlar namoyish qilinadi:

Комбинированный режим (Birgalikdagi rejim)

(mikroto’lqinlar va gril rejimi)

600 Vt

(elektr ta’minoti yo’q)

Chiquvchi quvvatning tegishli qiymati namoyish qilinmagunicha Комбинированный

(MIKROTO'LQIN+GRIL) tugmachasini bosgan holda tegishli quvvat darajasini tanlang.
Siz gril haroratini bera olmaysiz.

3. 10МИН (10daq), 1МИН (1daq) va 10СЕК (10son)

tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini bering.

Tayyorlashning eng ko’p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4. СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

Birgalikdagi rejimda tayyorlash boshlanadi.

Tayyorlash yakunlangandan keyin:

1) Pech to’rt marta tovushli signal beradi.

2) Taom tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal

3 marta (bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Mikroto’lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi mikroto’lqinning eng

yuqori quvvat darajasi 600 Vt.

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 20

2013-11-28 �� 6:39:06

Advertising